Biz
195. Ana shuni turib yozishim kerak deya joyimdan turib aytmoqchiligim shuki, yotish pallasida nafasni chiqaraturib yotishga kirishsak, yotoqdan o’rin olsak haroratimiz o’zgarmasdan qolib, gavda uzra tarqaladigan sovuqchalik noqulayligidan qutilamiz. Demak, shunchalik qiynalib kelganim bo’lgan to’satdan issiq-sovuq bilan kurashuvim (jarayonlari) yotishda nafasni, o’pkadagi havoni chiqarib, tashqariga yo’naltiraturib uzunasiga cho’zilsak barham topadi. Yana nima ham derdim… Donut tutorialni Blender da amalga oshirayapman. Kuniga avvalgidan kam ishlashga ichimdagilar tomonidan ruxsat etilgani uchun bitta video qismini bir kunda 3-4 soatlar ichida qilib chiqayapman. Aytadiganlarim shu hozircha. Yana bir narsa, ba’zida kun tartibimdagi raqamlarni yozmasam ya’ni Ibo’qim (tabiiy nusxasi Ibosh)ning tug’ilgan kunidan qancha o’tganligini bildirmasam, kunim sarosima, vajohat aralash bo’lib o’tadi. Yana bir gap, Xudo insoniga birinchi sovg’a etib qalamni bergan. Shuning uchun tutorial larni, videodarslarni yozib amalga oshirishim menimcha chindan o’z samarasini bermoqda.
Comments
Post a Comment