uzbek language siteenglish language site

Menga nima, endi baribir

 

64. Aslida ikki xil asliyat mavjud, yolg’on haqiqat va haqiqatli yolg’ondir. Men o’z ishimni va hayotimni olib borayotganda endi ishim tomonidan o’zim bor bo’lib hayotimga boqaman. Zero ishlash va hayot bir-biriga teskari holatlar, ijro etilishlar sanalmoqda. Yolg’on yoki yolg’onli haqiqat shundan iboratki, unda butun dunyo, Yer yuzasidagi barcha hayotiy yoki tabiiy jarayonlar ish faoliyati yoki vazifasi tomonidan olib borilayotgan yagona chiziqqa, muqarrar bo’lishi kuzatilayotgan rejaga mos-xos tenglashtirib qo’yiladi. Go’yoki shu ishlash faoliyati yoki chizig’idan qarab bo’lganda edi, dunyodagi barcha hududlar va undagi jarayonlarni kuzatish bemalol bajarilmoqda sanaladi. Biz uchun dunyomizdan, Yer sharimizdan boshqa umumiy tizimli haqiqatning o’zi qolmaydi, shu haqda dalilli keyinroq quyida yozaman. Yerning aylanasi yoki butun shari va undagi tabiiy jarayonlar (gravitatsiya) barcha borligini, mavjudligini bilib turishli haqiqat bo’laoladiki, shunga erishish va umumiy ravishda tenglashish boshqa haqiqat, shuning ishonchi yo’qligini bildiradi. Bu degani shu haqiqat ishonchiga asosan yuqori darajadagi yoki eng teppadagi  Yerning umumiy qatlamidan (gravitatsiyali sayyoradan) ishlash sababli ichki tabiatidagi jarayonlarni qanday qilib almashtirib, har xil qilib ko’rsatib va ifodalab turilsa ham baribir Yerning yuqori darajali yoki kerak bo’lsa barcha ishonch doirasidan chiqaolmagani uchun yolg’on haqiqat sifatida to’g’ri bo’lib qolaveradi. Yopiq tizimni, damni yoki bosimni mutloq sezib turishda shu tizimning ichki elementlari qanday o’zgaruvchan, noma’lum ta’sirlashuvchi shaklni olmasin, baribir to’g’ri hisoblanaveradi. Shu to’g’rilik yolg’on to’g’rilik, haqiqat hisoblanadi. Shuning yolg’oni shundan iboratki, ish faoliyatidagi noma’lum yoki jonli jarayonlar, sun’iy yasalishlar mutloq yangicha yoki boshqacha kimyoviy tasodifiylikni, kuzatuvni hisobga olsada, aslida xato yoki noto’g’ri faoliyat bo’lishiga qaramasdan, yolg’on haqiqat sifatida dunyoviy haqiqat bilan mos tutilgan holda to’g’ri sanaladi. Ishning o’zi, rejasi yoki bajarib borilayotgan ishlari noto’g’ri bo’lishini kuzatish mumkin, ammo to’satdan barchasi ishonarli, to’g’ri va aniq bajarilgan bo’lib chiqadi. Ishning borishi yoki yo’nalishi, chizig’i dunyodagi barcha tabiiy jarayonlar, hayotning tebranishlarini o’z ichiga olgan holda shu ishni bajarilishida yo’l qo’yilayotgan xatoliklar, jonkashlikli noto’g’ri amallar yoki tabiiy jarayonni qo’shaolmagan holda umumiy tabiiy qoidali shu dunyoviy elementni yarataolmaslik borliqdan kelib chiqib, shu atrof-borliqni, tevarak-doirani (buning sezilishini) dunyo bilan aloqasining yo’qligini bildirmoqda. Ammo ishning borishiga, davomiyligiga shu bunday ishonch bildirib jonkashlikning xatoliklarini qanday bo’lmasin, mehnatning izidan izohli yoki tushunchaviy ravishda, o’z bilimlarini oshirib bosqichma-bosqich borib, kamaytirib, kichikroq tebranishli, tarqatilishli yoki daraxt shoxlariga o’xshash tarmoqlanishli xatoliklar bilan amalga oshirilsa, “olam ustiga a’lo nur” va ishning yolg’onli haqiqati shu mehnatkashlikni haqiqiy ishonchli, aslida noto’g’ri, chala (butkul yaratilmagan), ammo to’g’ri hisoblaydi. Bu yog’i shu – ishonch o’yinlari xolos va qoyilmaqom. Qachon bo’lsa-bo’lmasa, shu ish chizig’ig’ida, faoliyatli borishining barobarida jonning, borliqning yoki xaotik (qonunlarga bo’ysunmas) xatoliklar yashash sababli ularda, quyi dunyochilarniki sifatida sodir etilmoqda. Lekin borliq ham dunyoning ichida bo’lgani uchun bir chiziqdagi to’qnashuvdagi qarama-qarshi yo’nalishlarda borliqning olib kelgan xatolarining yulingan patlari, o’zining qarshi birinchi qism chizig’idan yo’nalish strelkasining burchagi bo’yicha har xil uzunlikdagi kalta shoxli chiqib qolishlari orqada qolgan yashashning asosidagi xotiraning xatoliklari, nojo’yizliklari sifatida ishning borishidagi umumiy (vaqt) chizig’ining ikkinchi yarmi sifatidagi dunyo va shuning yopiq haqiqatli, ishonch bo’yicha to’g’rili o’yini tomonidan qaram-qarshi birinchi qismini shishib kengayib yeb, bosib bo’lgan ravishda yana bitta yolg’on haqiqatga, ishning eplayolmay to’liq amallanishiga yo’l qo’yadi. Ammo ish bo’larkan deb ishni tashlab qo’yib katta xatolikka yo’l qo’ymaslik kerak, faqatgina bo’lishi mumkin kichik xatolar bilan yoki o’zingizga kerakli to’g’ri amallar orqali jonni, yashashni yoki xotiranining o’z tarafini to’g’ri tartibga solgan holda dunyoning yolg’on-yashiq haqiqati bilan almashinishda mos bo’laolasiz. Endi lirik chekinishning asosiy qismiga o’tsak ham bo’laveradi. Enshteyn aytgan: vaqt nisbiy, deb. Ammo aslida vaqtning nisbiyligi ham umumiy vaqt, vaqtning yakkaligi bo’yicha o’z-o’zida quyi darajadagi farqlanishlarda qiyoslanadi. Bildirilishicha, vaqt bo’yicha, shu degani aynan vaqtning umumiyligiga ko’ra 5 minut vaqt davomiyligi 10 yilga teng bo’lishi aytiladi. Ikkalasini ham, 5 daqiqani ham 10 yilni ham hali beri umumiy vaqt birlashtirib turganda shuni, vaqtlarning tenglashtirilaolish hodisasini tushunish mumkin xolos. Go’yoki umumiy, yakka yoki koinotdagi vaqtning ichida bu ikkala davrning biri zich kalta chiziqda qisilib joylashadi, ikkinchisi sustkash uzun chiziqda siyrak (nuqtalardan) o’rin oladi. Zero bizlar vaqt deb olam uzra taraluvchan jarayonlarni, o’tib turishni yoki davomiylikni aytib bilamiz. Koinotning bo’shlig’i o’z cheksiz hajmi bo’yicha qayerga taralmasin, barcha joyda vaqt (bir xil, yakka) o’tib turibdi sanaladi. Unda, aniqrog’i unday bo’lsa, vaqtning nisbiyligi degani qayerdan kelib turadi? Vaqtning nisbiyligi koinotning jismlari, sayyoralari yoki materiyalari va shularning ishlash tamoyili, tezligi hamda gravitatsiyasi bilan bog’liq. Koinot jismining, sayyoraning umumiy gravitatsiyasi va uchish, iz qoldirish tezligi natijasidagi ichki jismlarining, yuzada yopishib turadigan mayda-katta toshlarining, narsalarning ichki tizimli, dunyoviy me’yoriy (o’rtacha) tezligi bo’yicha vaqtning nisbiyligi, nisbiy qaralishi amalga oshiriladi. Shu inson zoti tomonidan o’ziga foydali bo’lgan ishni, uy qurishmi yoki boshqa ishni qanchalik tezlik bilan yaratib, yasab bilishi orqali ifoda etilsa yanada maqsadga muvofiq bo’ladi. Vaqt tez o’tadigan joylarda koinotning shu jismning yuzasidagi toshlar yoki boshqa moddalar, obyektlar tez qimirlashli harakatlanishlarni namoyish etishi mumkin. Shu joydagi ishlar, misol uchun odamlar yashaydigan uy qurilishi agar inson bu joydagi tizmning faoliyatini yaxshilab, avtomatlashuvli shakllantirsa, 1 daqiqada amalga oshiriladi. Vaqt sekin o’tadigan, nisbatan olganda deylik, Yer sayyoramizda esa shu uyning asl shaklda barpo etilishi uchun 1 yil vaqt o’tadi. Umuman olganda esa inson o’zining ishlashi yoki mehnat mahsuli orqali jismning o’zining dunyoviy, yaxlit toshli tuzilishini va o’z vaqtining nisbiyligini tizimli ravishda odam o’zini o’rtada, o’rtakash bo’lib turib bog’lash orqali baholaydi. Vaqtning umumiyligidan, koinot bo’yicha yakkaligidan sabab qilib olsak esa, inson koinot jismning, sayyoraning yoki kometaning nisbiy vaqtiga bo’ysunishga majbur bo’ldi degani bu – aslida shu koinot jismining materiyali tizimini o’zida mujassam qilmoqda degani. Inson yoki umuman tiriklik boshqa vaqtli nisbiylikdagi koinot jismining tizimida barcha moddasiga, toshlari yoki dunyosiga, koinotdagi umumiy hajmli materiyasiga bog’langan holda o’z vaqti bo’yicha qarishini amalga oshiradi. Shu degani inson yoki tiriklik bu sayyoraning yoki kometaning yerlari, butun hajmli shari yoki materiyasi bilan aloqador hisoblanadi. Yerdagi insonlar yer maydonlari bilan aloqani bilib turishadi. Shuning uchun va faqat shuning uchun bo’lmoqdaki, men ham endi tushunayapman bu – ilohiylar, xudolar yoki farishtalar insonlarning dunyo bo’ylab bir-biriga ta’sirini tasarruf qilishga, boshqarishga aloqador vazifalarni o’zlaricha pesh qilib bilishmoqda. Insonlarning har biri istalgan yer hududlari yoki butun Yer kurrasi bilan bog’lanishdagi yaratilshni o’zlarida kasb qilib bilmoqdalarki, umumiy Yerli bog’lanish orqali barcha odamzot bir-biri bilan aloqadorligi shundoqqini bilinib qoladi. O’z boshqa nisbiy vaqtdagi jismli sistemada inson 5 daqiqali qarisa, Yerda sekin vaqt nisbiyligi boisidan 10 yil qarrishi, ulug’lanishi ko’zga tashlanadi. Shunday qilib o’z sistemasiga, umumiy ajralgan qonun-qoidali massaviy osmon jismiga ega bo’lgan shu tizimning yerlari, hududlari o’zicha nisbiy vaqtni kasb etadi. Shu bilan birga bu joydagi, o’zidagi odamlarni ham boshqacha, shu nisbiy vaqtiga monand, tez yoki sekin qarritadi, keksaytiradi. Aslida osmon jismlari koinotning, fazoning yoki bo’shliqning ichida bo’lgani uchun umumiy vaqt shu jismlarning hududlarida, massalarining ichlarida ham o’zlari uchun bir xil o’tadi. Ammo insonning qarrishi, jonli zotlar shuni inson shaklidagi ojizligiga ko’ra tez yoki sekin qarrish amalini namoyon qilgan holda eplattiradi. Shuning uchun vaqtning tez yoki sekin o’tishini faqatgina insonning qarishi, soqollar qo’yib birdan qolishi yoki ajin bosishi bildirishga qodir. Shuning uchun ham Enshteyn janoblari aniq qilib faqatgina insonni qo’shgan holda, agar inson nur tezligida uchsa, deb vaqtning nisbiyligini bildiradi. Gravitatsion doimiylik, konstantasi (Yerda 9,8 m/s) shu sistemadagi vaqtning nisbiyligini eplayolinadigan ish davriga, vaqtiga bog’lanishini yoki muvofiq qiyoslanishini aniq ifodalaydi.

Comments

Ommabop xabarlar

Biz bilan birga yana xo'sh (Rustam)

Barcha individual ishtirokchilarning raqamlari men uchun 6 raqami sifatida

Nima