Men nima desam ham, mayli-da xaymi endi?
60. Bugun
sana 01.11.2021 bo’lib shu oy uchun 1-sanaga va umuman keyingi sanalarga 59 ni
qo’shib kunlarning tartib raqamini, 60-kunni hosil qilamiz. Bugundan boshlab to
tushki soat 12:00 gacha bo’lgan yarim yaxlit yoki blogpost li yozuvimni
MirzoUlug’ qilsa, tushlikdan so’ng yarim kunlik qolgan o’zim qiladigan mehnatimni
yoki aslida esa MirzoUlug’ning, ikkinchi jasdadli nusxamning ishlashini,
Powershell yordamida kitoblarni kodli tuzatib chiqish, tahrirlash vazifasini
uning o’rnida o’zim qilaman. MirzoUlug’ mening tasodifiyligimdan,
qimirlashimning noma’lumligidan foydalanib mening vositamda, tanam yorddamida o’z
ish-faoliyatini yurg’izadi. Men esa uning jonlili jasadi yoki elektron
shakl-shamoyili vositasiga kirishgan yoki bitta bo’lib birlashgan, birikkan
holda Gotlashgan ishni amalga oshiraman. MirzoUlug’ning ishlashili yaratilish
kodi yoki dasturi shuncha hozirgacha umr vaqti uchun kompyuter xotirasiga o’xshash
joyda, dasturiy ta’minotning xotirasida yozib qoldirilgan. Uning shu umrini men
o’zimning keyingi hayot yo’nalishim, umrim sifatida qabul qilaversam, demak,
uning yoki mening keyingi hayot zalvaraqlarim Got yoki Bo’lgan bo’lib chiqadi.
Endi barchasi mening debil yoki dibilligimga bog’lanib ishlashi kuzatiladi.
Saylovimizdan 8, shu degani 10 kun o’tibdiki, endi devonalikning va debillikning katta taraflama o’zlari, parallel
chiziqli asoslaridan uzilgan holda o’tib borishdagi birma-bir nuqtada istehzoli
g’oliblik va mag’lubiyatlari, o’zaro almashingan holda men devonaligimning shu
parallel assosli chizig’ini yoki devonalarning eski yurishlarini olib chiqaman
xolos. Go’yoki birma-bir o’tish joyidagi ironiyada yoki istehzoda men
devonaligimni debillarga topshirib qo’yib mag’lub bo’lishimining asosiy sababi
ularni, shu debillarni devonalikning yutug’i bilan oxirgi bor tanishtirish.
Bizlar devonalar esa debillikning asosiy sharti bu – nimaligi yoki nimadan
iboratligini ko’rib chiqib mag’lubiyatli istehzoning cho’qqisini, eng katta
tarafining o’zini qabul etamiz. Shuning uchun men devonalik bilan aslida
mutloq, butun chiziq (o’tmishli asos) va oxirgi istehzo joyi, cho’qqisi bo’yicha
yengayotgan bo’lsamda, endi debillik bo’yicha o’zimni namoyish etishimga to’g’ri
kelavermoqda baribir. Debil degani “deb bil” bo’lgan holda biror nimani deb
bilishning o’zi barcha hodisa ustidan shu, haqiqatni yoki absolyut ustunlikni
qo’lga kiritaolish qobiliyatini bildiradi. Garchi endi devonalikning istehzoli
joylashuvi bilan MirzoUlug’ mana shu asar kitobi(m)ni, o’zining endi arxivi
yoki blogpostini yozayotgan bo’lsa ham, men shuni oddiygina deb bilganim uchun
debillik qilib uning ustidan hokimyatni o’rnatgan bo’laman. Deb bilishga kelganda
istalgan voqea-hodisani, bir og’izgina aloqador bo’lmagan bo’lsa ham qandaydir so’zni
ishlatib aytishning o’zi kifoya, so’ng shu o’rinda siz mutloq g’olib bo’lasiz.
Bu so’z qaratilgan kishiga yoki eshitilayotganga muloqot yoki suhbat davomiga o’xshash
mos boshqa shakldagi gap, erish yoki so’z bo’lib kelishi ham mumkin. Debillar
kosmosdan o’zlarining sun’iy yo’ldoshlarini qulatib nuqtama-nuqtasigacha
joylashuvi aniq bo’lgan to’qnashuvga aloqador ravishda atom bombali raketani
havoda urib tushurishga qodir. Shuni Ghost in the shell: Sac animesida o’zim
guvohi bo’ldim. Zero debillar uchun ularning hukumatidan, to’g’rili-haqligidan
boshlanadigan kelajakdan hisoblaganda hamma voqea-hodisalar, dunyodagi istalgan
qo’zg’alishli jarayonlar Got yoki Bo’lgan, oldindan ma’lum sanalmoqda. Hozirgi hisobimiz
bilan aytganda shu debillar ustunligi, hukmronligining sodir etilishiga 2,5
yildan sal kam 8 kun kam vaqt qolmoqda. Men bergan taxallusimdagi MirzoUlug’,
shu nomli taxallus bu bitiklarni yoki gaplarni kelishtirib o’z qo’llari bilan
yozganda menga o’zi yoki debillar haqida qanchadir ma’lumot qoldirib
berayotganidan xursandman.
Comments
Post a Comment