Nima keragi bor o'zi buni xay ammo
47. Men bilimlar sifatidagi doiramning
diametri ko’rinishidagi haqiqiy dunyoga asl holimda sezilishimga urinaman.
Lekin shu bilan birga bu diametrni, jahonga tanilajak Gotlik holatlarimni uzunlashtirib
borish orqali haqiqiy aholining, insonlarning yoki tanali vakillarning katta
bilimli doiralariga suqulib, o’tib turishim kerak. Shuning uchun doiramni har
xil yoysimon joylaridan bukchaytirish orqali o’rtacha π ni kattalashtirib borish barobarida boshqalarning
ham o’zlarining shunday bilimlar doiralari bilan qiyoslash orqali o’zimizdagi
nisbatan kattalashtirib borilayotgan π ing uzayish farqini shu boshqalarning,
aholining tarkibidagilarning bunday farqlari bilan almashtiramiz. Shuning uchun
menga bo’layotgan bir umumiy holatimni qisqa va lo’nda qilib yozib o’tsamki, bu
– mening barcha gaplarim, ishlashlarim va voqealarni hisoblab borish tizginim
avvalambor faqatgina oldingi yozgan maqolalarimning va gaplarimning, barcha
ishlarimning bilimlaridan iborat holda bu aholining barchasining umumiy
bilimlar bosimi tomonidan aniq ravishda tushunilgan holda o’y va fikrlarimni
ifodalashda mutloq o’rinli tanlab olib mening o’zim orqali qo’llantirilayapti. Doiralarimizning
o’zlari faqatgina yangilikka muhtoj bo’lsa, shu o’zlari yoki asoslari, bilimlar
hodisani yoki xayolni ifodalashda mutloq vazifaviy, mukammal yoki keraklicha
topilgan ravishda to’liq ifodalab o’zingizning vositachiligingizda boshqa
aholining bilimlar doiraviy umumlashuvli bosimi orqali ishlatib beriladi. Nimayki
gapirmagay, yozmagay yoki qilib qo’ymagay o’zining voqealar tizginida, hodisali
shaklida mukammal to’liq, xatosiz va vazifaviy sodir bo’layotganini sezaman. Har
kungi ushbu yozuvlarim qanchalik yangicha g’oyalar yoki mavzular bilan
ifodalanmasin, o’zining kun tartibli soni to’liq yoritishga urinadi. Holbuki
men shuni umuman uyushtirmayman, aynan kun tartibli sonimga yo’nalaman, shuni
to’g’irlab moslayman deb yozmayman. Shuni menimcha mavzularning qanchalik turfa
xilma-xilligidan ham o’zingiz anglab olarsiz. Hattoki men o’zimning o’ylovim
aytgan gaplarimdan, qilgan ishlarimdan va ko’rganlarimdan so’ng qanday qilib tizginli
yoki tizimli ravishda ma’noning keyingi tartibiga o’z-o’zidan o’tib qolayotganiga
hayron qolayapman. Axir o’ylov xohlagancha aralash-quralash, vakuum bo’shlig’iday
bo’lib istalgan tasodifiy bahosini qo’yishi kerak edi-ku. Mana shu oxirgi 3-4
ta gaplarimning ham shunday izchil, tizimli va ketma-ket to’liq bog’lanishli
yozilishiga o’zim hayronman. Men faqatgina o’zimning boshqa oldingi yozuvlarim
bilan so’zlarimni o’z o’rinlarida qo’llash orqali aynan o’z ma’nolarining
doiralarini, chegaralarini belgilagan bo’lsam kerakki, shu boisidan bu so’zlar
va iboralar keraklicha aniq o’rinlarda dunyoviy ommaning bilimlar bo’yicha o’z
hayotlaridagi kechinmalariga mos ko’nikmalarining bosimi orqali chiqishmoqda
yoki ishlatilmoqdalar. Dunyoviy omma yoki jumhuriyat o’zlarining bilim-ko’nikmalari
bilan mening shunday tajribalarimni bemalol o’zimning o’rnimda tashviq-targ’ib
etaoladilar. Binobarin ommada ko’pchilik ishlagan yoki kun kechiradi, ularning a’zolarida
borlarining har biridan o’zlari uchun yutuqli istaklari va ko’nikmalaridan menikiga
moslari va to’g’ri mukammallashganlarini bir holchadan chimdim-chimdim olib
chiqsak ham bo’laveradi.
Comments
Post a Comment