uzbek language siteenglish language site

Men kim aslida, sizlarchi?

 


Quyidagi barcha so’zlar o’z ma’nolarida yoki izohlarida men uchun ichimdan bosim bilan kechirayotgan taqdir hazilining azoblari sanaladi. Taqdirimgacha yoki o’limimning onlarigacha hali necha yillar borligini tushunsamda, taqdir hazili yagona dunyomning hoziroqda o’tmishdan uzilib qoladigan haqiqatning yoki to’g’rilikning qolgan tarixan ro’y berib kelayotgan vaqt chizig’iga parallel bo’lib kelgan elektron jonli sanaluvchan dunyoning yomonligidan yoki yolg’onidan bittagina ustunligini bildiradi. Birgina misol:  -Xoʻsh, sizcha nima qilish kerak, oʻqimishli akam! — dedi kinoya bilan Yoʻlchi. Oybek, «Tanlangan asarlar» . Shu gapda gapdagi undalma, qaralayotgan shaxs haqiqatan ham o’qimishli va aka sanaladi. Lekin kinoyaning yolg’oni yoki yomonligi shu unvonni yoki e’tiborni bu shaxsdan olib tashlayapti. Qoldirayotgani esa faqatgina quruq bu gapning yoki ikkala so’zlarning o’zidan iboratgina gapning berilishi, tovush jarangi ostidagi barcha obro’si, e’tibori yo’qotilgan kamsitilgan eng kam, bir donacha haqiqat sanaladi. Aynan mana shu bir donacha yoki o’zining asosidan uzilib chiqib qolgan, ajratilgan yoki esidan olingan yagona haqiqat bilan bizlarni elektron jonli dunyo siltab-tergab o’zicha variantsiz yoki tanlovsiz qoldiraman deb hisoblayotgan bitta yo’lga solmoqchi. Haqiqatning yoki to’g’rilikning asosidagi yoki hoziroqdagi boshlanishidan orqadagi o’tmishda qolgan barcha qismini elektron jonli dunyo, tirik insoniyat o’zicha dunyolarga maqtanish, kuchanib ketish uchun elektron yoki belgili shaklda o’ziga ish qoldirmayotganini pesh qilib g’amlab qo’yayapti. Haqiqiy tabiiy yagona dunyoni qiyinligini o’zing va barcha bilishini bilgan holda o’zingcha belgilab, ifodalab, yana “mana sanga, menga esa cho’t emas va bo’laolmagan”, deb bir chetga irg’atib tashlaganday maqtansang, sen shoxsanda! Mana shu mening u yaramas, og’riq yeyishni yoqtiradiganlarga kinoyam bo’lsin. Taqdirimdagi o’limimdan so’ng shu umr yo’limga teskari bo’ladigan hayot yo’nalishi taqdirimgacha hali ancha yillar bor sanalgan shuncha kelajak vaqtini hisobga olmasdan, taqdirimni hoziroqdan sezdirayapti. Shundan xursandman ham, xafaman ham. Xafagarchiligim bu – oldingi yuqorida yozgan gaplarim. Xursandligim esa hozirdan taqdirimgacha faqatgina maza, kayf-u safo yo’llarni tanlab yashab o’tganimdan so’ng, oxirida taqdir lahzasidagi o’lim to’shagimda shularning me’yorini beruvchi teskarisi bo’lgan kollinear jonli yoki elektron dunyoning og’rig’ini azob bilan qiynalib to balans yetguncha kerak bo’lgan vaqt zahirasida yoki davrida, oralig’ida qolib ketavermagay deyman.

Kesatiq

Maʼnosi

Qochirim bilan, pardalab masxaralash, kulish yoki kamsitish; isteh-zo, piching.  Elmurodga qizning soʻnggi "siz hali xafa boʻldingizmi shunga?" degani ne-chukdir kesatiqday tuyuldi. P. Tursun, «Oʻqituvchi» . -Hammasini yigʻishtirib, sizga bergan! — Abdusamat akaning bu kesatigʻi Toʻxtasinovni yana tutaqtirib yubordi. M. Mansurov, Yombi.

 

Ran

I -BARAN I [f. - turli

rangdagi, turli xil, har xil] 1 Turli rang-dagi, rangi har xil.  Rang-barang boʻyoqlar. Rang-barang tovlanmoq.

2 Turli-tuman, xilma-xil, har xil.  Rang-barang foydali qazilmalar. m  Taom ishta-ha bilan yeyilgandan soʻng, rang-barang qim-matbaho mevalar.. bilan toʻla dasturxon yozib, [Hakimboyvachcha] achchiq choyni quya boshladi. Oybek, «Tanlangan asarlar» .  Rang-barang su-ratli odamlar yashar, Ishlashar, kuylashar hamda kurashar. A. Oripov, «Yillar armoni» .  Jurnalistlar kelgusi yilda ham gazeta va jurnallarda rang-barang maqolalar, tarix, maʼnaviyat va maʼrifatga oid materiallar berilajagini aytib oʻtishdi. Gazetadan .

 

Piching

Birovning shaxsiga tegish, gʻashini keltirish, masxaralash uchun ay-tilgan ilmoqli ran; qochirim, qochiriq. Bu piching Naziriyning jon-jonidan oʻtib ketdi. Lekin bu yerga u Hamza bilan jirtak otishga kelmagan edi. K. Yashin, «Hamza» . Mansur Talʼatning pichingini tushunmay, kes-kin qadashar bilan ularga ergashdi. Oʻ. Ho-shimov, «Qalbingga quloq sol» . Usta yuragi-dagi gaplarni koʻpchilik oʻrtasida birma-bir aytib tashlamoqchi edi, ammo raisning pi-chingi shashtini qaytardi. S. Mahkamov, Dala tongi.

Piching otmoq (yoki qilmoq) Birovning shaxsiga tegadigan, gʻashini keltiradigan yoki masxaralaydigan ilmoqli ran aytmoq. Avtobus ichida olatasir boshlandi. Kim soʻ-kindi, kim piching otdi. Kim taqdirga tan berib, murosai madoraga chaqirdi. M. Mansurov, «Yombi» . Bora-bora Aziza ham uni jer-kiydigan, har gapida piching qiladigan boʻ-libqoldi. Oʻ. Hoshimov, «Qalbingga quloqsol» . -Hay, essiz, soʻl koʻzingni ham koʻr qilib qoʻyganimda boʻlur erkan, — deya piching qildi Temur Malik dushmaniga qarab. M. Osim, «Karvon yoʻllarida» .

 

Mazammat

[a. - yomonlik, tu-

banlik; yaramas xatti-harakat] esk. kt. Birovni haq-nohaq yomonlab aytilgan ran, ma-lomat, taʼna.

Mazammat qilmoq (yoki etmoq) Taʼna, malomat qilmoq.  Jinni odamni xon dorga tortibdi, deb xalqi olam mazammat etur-lar. S. Siyoyev, «Yorugʻlik» .

 

Malomat

[a. taʼna qilish;

ayb taqash] Birovni haq-nohaq yomonlab ay-tilgan ran; mazammat, taʼna.  Malomat qil-moq. Malomatda qolmoq. Malomatga qoʻymoq. tm Tegmasin nogoh malomat oʻqlari, Sezgiru hushyor boʻl ohu kabi. Habibiy .

 

Tana

1 Xato-lik, ayb yoki kamchilikni betga solib yoki kamsitib aytilgan gap, qilingan xatti-harakat va sh.k. Achchiq taʼna. yash Gunohkor boʻlmay turib, oʻz sevgilingdan oʻrinsiz taʼ-nalar eshitsang. J. Jabborov, «Sevinch yosh-lari» . Keksa bogʻbonning samimiy soʻzlari ham taʼna, ham tanbeh edi. Sh. Rashidov, «Boʻron-dan kuchli» . Bobo, bu gapga qanday tiling bordi, deganday unga taʼna bshshn qaradi-da, bosh chayqadi. S. Yunusov, «Kutilmagan xazina» .

 

2 Minnat, haqorat, malomat tarzidagi gap-soʻz. -Yoʻqchshshk jonimga tegdi, — dedi bolali xotin, — boyvachchalarning xotinla-riga kir yuva-yuva oʻlib boʻldim. Itdek meh-nat qilib, bir burda nonlarini taʼna bilan yedim. S. Zunnunova, «Gulxan» . Agar kuchim, quvva-tim yetsa, odamlarning jon olgʻuchi taʼna-lariga yana chidash berar edim, lekin majolim qolmadi. M. Ismoiliy, «Fargʻonat» . o.

 

Taʼna qilmoq Taʼna tarzidagi gap-soʻz aytmoq. Xasis deb taʼna qilmoq. m Ioʻl-dosheva.. rabfakda oʻqib yurganida, mahshiada paranji yopinib yurgan boʻlishi mumkin, buni hozir taʼna qilishda hech qanday maʼno yoʻq. A. Qahhor, «Bek» . Hamkasblari.. "Mansabdor boʻlib, mensimay ketdi", deb taʼna qilish-laridan oʻzini ehtiyot tutardi. R. Fayziy, «Hazrati inson» .

 

Dashnom

Qilmishi uchun uyaltirish, qattiq koyish, soʻkish.  Dashnom bermoq. m  Sizga dashnom beraverib, jagʻimda jagʻ qolmadi. "Yoshlik" .  Toʻgʻri soʻzning toʻqmogʻi bor deganday, bu dashnom onaga qattiq taʼsir qildi. H. Nazir, «Mayoq sari» .  Hayotning u aytganday chalkash, mushkul, shafqatsiz emasligini isbot qilib, u kishiga dashnom bergim ke-lardi. A. Muxtor, «Asarlar» .

Dashnom yemoq Qattiq ran, koyish eshit-moq.  Dashnom yeganim — besh non yeganim. Ma-qol. m  U hech kimdan bunday dashnom yemagan edi. M. Ismoiliy, «Fargʻona t» .o.

 

Bohton

Bi-rovni ayblash yoki qoralash maqsadida oʻylab chiqarilgan asossiz daʼvo; tuhmat.  Boʻhton qilmoq. Boʻhton tarqatmoq. Boʻhton yogʻdirmoq. n Bir-birlaringizga tuhmat va boʻhton qilmanglar. "Hadis". Boʻlakni angla toʻgʻri, toʻgʻri yur, boʻhtonni kasb etma. Habibiy.

 

Fisq-fasod

Biror kimsa toʻgʻrisida tarqatilgan uydirma ran; tuhmat, boʻhton. Ulugʻbekning ilm bilan shugʻullanishini ruhoniylar dahriylik-ka yoʻyib, unga qarshi fisq-fasod uyushtir-dilar. "Fan va turmush". Hojar xolaning muoma/shsidan ham igʻvo, fisq-fasod anqib turadi. Yu. Shomansur, Qora marvarid.

 

Uydirma

Oʻylab, toʻqib chiqarilgan; yolgʻon.  Aybdor oʻz uydirmalarini isbotlashga tirishdi. m  Ertasiga Islomxoʻja haqida uydirma gaplar, fisq-fasodlar toʻqi/idu. J. Sharipov, «Xorazm» .

 

Daxmaza

\f. a ... ' — qiyinchilik;

aldov] Salbiy narsa, hodisa; ortiqcha tash-vish, dardisar, bosh ogʻrigʻi.  E-e! Soting bu tuyalarni, qishi bilan boqasizmi!? Xashak-xushak, deb daxmaza qilib yurasizmi ?! Oybek, «Bolalik» .  Oʻzi ellik gektar yer-u, daxmazasi besh yuz gektarga tatiydi. R. Fayziy, «Choʻlga bahor keldi» .

 

Dardisar

1

Ortiqcha tashvish, daxmaza; bosh ogʻriq.  Kiyimlarni chamadonga bir ama/iab sigʻdir-di-yu, oq kiyimlar dardisar boʻldi. L. To-jiyeva, «Mehrim sizga, odamlar» .  Tagʻin, bu qiz menga dardisar boʻlar ekan, deb xavo-tirlanmang, oʻz kuchim bshgan imtihon bera-man. M. Qoriyev, «Oydin kechalar» .

2 Bosh qotiradigan, mashaqqatli ish.  Ah-mad Husayn adabiyotni maqtab ketdi: -Or-zularim bor, jurnalist boʻlishni istayman, — dedi, — lekin dardisar tirikchishk toʻs-qin. Oybek, «Nur qidirib» .  U har kuni bir dardisar ishni oʻylab chiqaradi. Oybek, «O» . v. shabadalar.

 

Tuhmat

1

Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida oʻylab chiqarilgan asossiz daʼvo; boʻhton.  Tuhmat qilmoq. Tuhmat yogʻdirmoq. Tuhmat tosh yoradi, Tout yormasa, bosh yoradi. Maqol . ■■  -Nega eringga xat yozmaysan? -Voy bundan boʻlak ham tuhmat bormi? Nega xat yozmas ekanman. A. Qahhor, «Xotinlar» .  Uying kuygur-da ikki oy qadar ishladim. Keyin haydadi. Boshimga qancha tuhmatlar ortdi yana. Oybek, «Tanlangan asarlar» .

s. t. Ortiqcha tashvish, dardisar.  Sho-shib turganimda, sen ham tuhmat boʻlding menga.

Xizmatga tuhmat s. t. Kimsaga xizmat, yaxshilik qilib, oxiri aybdor boʻlib qolish yoki oʻziga tashvish, dardisar orttirish; yax-shilikka yomonlik.  [Mehri:] Dadang shu toʻn-gʻiz qoʻpkurning zavodida qancha yil ter toʻk-di. Boy, xizmatga tuhmat qilib, dadangni uch oy qamattirdi. 3. Said, «N» . Safarov, Tarix tilga kirdi. Quruqtuhmat 1) oshkor-oydin tuhmat. -  Toʻgʻrisini aytsam, siz bu toʻgʻrida bir narsa bilasiz, lekin soʻzlashga Shokirbekdan choʻchib turasiz! — dedi usta. -Quruq tuhmatni qoʻying-chi! — dedi usta Farfi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar; 2) s. t. ortiqcha tashvish, gʻalva, dardisar.  E, xudo-yim-yey, qanaqa quruq tuhmatga qoldim-a! S. Ahmad, «Hukm» .

 

Kinoya

[a. — belgi; shama, isho-

ra; piching, kesatiq] 1 Masxaralash, kulish uchun asl maʼnosidan boshqa, majo-ziy maʼnoda aytilgan soʻz, ran; qochirim, istehzo, piching, kesatiq ifodasi.  -Xoʻsh, sizcha nima qilish kerak, oʻqimishli akam! — dedi kinoya bilan Yoʻlchi. Oybek, «Tanlangan asarlar» .  Saodatxonning.. yuzidagi jiddiylik oʻrnini gʻalati, kinoyaga oʻxsha-gan tabassum egalladi. S. Zunnunova, «Yangi direktor» -Norboyevamisiz? Mehnatdan qochib kelibsiz-da, singlim, —  Uning koʻzoy-nak orqasidagi koʻzlari kinoya bilan qisil-di. Oʻ. Hoshimov, «Qalbingga quloqsol» .  Shodi Mudarrisovich.. iljayib turar, soʻzlarida hazil aralash kinoya ohangi bor edi. D. Nuriy, «Osmon ustuni» .

ad. Uslubiy vosita: badiiy asardagi inkor etish usullaridan biri boʻlib, biror shaxe yoki narsa ustidan kesatiq, qochi-riq vositasida yashirin kulishdan iborat.

 

Qochiriq

Etimologiyasi

ayn. qochirim 1, 2.  Sherbek-ning nimaga qochiriq qilayotganini payqab qolgan Jalil qah-qah urib kulib yubordi. S. Anorboyev, «Oqsoy» .  Gohida yigitlar ham kelib qoʻshilib, askiya, qochiriqlar boshlanar-di. F. Musajonov, «Huri» Bu


Maʼnosi

 Qochiriq gap Boʻronboyning suyak-suyaklarigacha zirqiratib yubordi. M. Nazarov, «Oltin boshoq ishqida» .


Qochirim

 Baʼzida andakkina qochirimga ham ogʻzi qulogʻida xirr-xirr kuladi. Mirmuhsin, «Tirik tovon» .  Bashorat imo-ishora qochirim-larni yo tushunmaydi, yo tushunmaslikka oladi. Q. Kenja, «Togʻ yoʻlida bir oqshom» .

2 Istehzo, kinoya, piching, kesatiq, qo-chiriq.  Muborak shu gapga ham xandon urib kuldi. Tursunoy Dilbarning bu gapi qochirim-mi yo maqtashmi — tushunmas edi. N. Safarov, «Uzoqni koʻzlagan qiz» .

mus. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida od-diy va murakkab musiqa bezaklarining umumiy ifodasi: kuyga jilo beruvchi qisqa tovush (ohang)lardan tashkil topadi.  Oʻzbek mshiiy kuylari nozik qochirimlari bilan notaga olindi. Gazetadan .

 

Tashvish

MaʼnosiTahrirlash

1 Koʻzlangan ish, maqsad va sh.k. yoʻlidagi oʻy-fikr, xatti-xarakat; bezovtalik, taraddud.  Roʻzgʻor tashvishi. Tirikchilik tashvishlari. Toʻy tashvishlari. n  Har bir kunning oʻziga xos ishi va tashvishi bordir. Sh. Rashidov . Boʻrondan kuchli.  Adolat kechasi bilan chan-qoq gʻoʻzalar tashvishidauxlolmadi. I. Rahim, «Chin muhabbat» .  Mana endi Oʻskinboyda yangi tashvish: adirlardan yer ochmoqchi. "Uzbekistan qoʻriqlari" .  Xoʻrozlarning soʻnggi qichqi-rigʻidan uygʻonayotgan.. qishlogʻimizning kun-lik yoqimli tashvishlari boshlanayotgan edi. "Saodat" .

2 Baxtsizlik, judolik va sh.k. tufayli yuz beradigan his-tuygʻu; gʻam, qaygʻu.  Tashvish tortmoq (chekmoq). Boshiga (koʻngliga) tashvish tushdi. Oʻylamay qilingan ish boshga keltirar tashvishMaqol . n  Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, «Ufq» .  Sizga bir maslahatim: koʻp kuyunchak boʻlavermang, yurak kasalligi ak-sariyat ikir-chikir tashvishlardan kelib chiqadi. Oʻ. Hoshimov, «Nur borki, soya bor» .

3 Notinchlik, azob-qiynoq beradigan narsa-xodisa va shu tufayli yuzaga keladi-gan xolat; kulfat, savdo.  Yosh olimning muso-firchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida hech gap emasdi. M. Osim, «Jayxun ustida bulutlar» Shundoq il-mu amal bilan kunlari oʻtib turgan Meʼmor boshiga tushganulkan kulfat — oʻgʻlining hibs etilishi hammasini bir tomonga uloqtirib tashladi. Mirmuxsin, Meʼmor.

Tashvish qilmoq ayn. tashvishlanmoq.  Unchalik tashvish qiladigan gap yoʻq. Uch vagon molimizni brak qilishibdi. "Mushtum" . Tashvishga solmoq (yoki qoʻymoq, tushirmoq) 1) tinchini buzmoq, bezovta qilmoq, urin-tirib qoʻymoq. -  Tashvishga soldikmi ? — dedi bika, qorakoʻl popogʻini boshidan olib. J. Sharipov, «Xorazm» .  Mart oyigacha moʻʼtadil boʻlib turgan havo birdaniga aynidi. Ta-biatning bu notantiligi paxtakorlarni tashvishga solib qoʻydi. N. Safarov, «Xadicha Axrorova; 2) qaygʻurtirmoq, gʻam-qaygʻuga, xavotirlikka solmoq» .  Qobil karvonning qa-moqqa olinishi Abdurahmonboy xonadonini qattiq tashvishga solib qoʻydi. H. Gʻulom, «Mashʼal» . Tashvishga tushmoq 1) tinchi, oromi buzilib bezovta boʻlmoq, urinmoq.  Kuz havo-si past keldi: kolxozchilar tashvishga tushib qolishdi; 2) gʻam chekmoq, «xavotirlikka tush-mox» .  [Hasanali] Bu oʻrtada qanday tashvish-larga tushmadi, soʻrasangiz. A. Qodiriy, «Oʻt-gan kunlar» . Tashvishini qilmoq Biror narsa taraddudida, xaRaka™Da boʻlmoq, oʻyla-moq.  Toʻy tashvishini qilmoq. Roʻzgʻor tashvishini qilmoq.

Sinonimlari

·         taraddud

 

Hazil

\a. Jj_* — kulgi, mazax qilish, tegishish, hazillashish] 1 Qiziqchilik, er-mak uchun, oʻynashib qilingan xatti-hara-kat yoki aytilgan ran; jiddiy, chin emas.  Hazilmi, chinmi ? Hazilingni qoʻy! Sen hazil-ni koʻtarmas ekansan. Hazil — hazilning tagi zil. Maqol .  Koʻrsa — hazil, koʻrmasa — chin. Matal . ■■  Tantiboyvachcha Gulandom-ning soʻzini [kinoyasini] hazil deb oʻylagan boʻlsa kerak. Oybek, «Tanlangan asarlar» Ich-karida hamon kuy yangrar, Zoyirjonning ha-zil gaplari, quvnoq qahqaha tinmasdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.  Xudoyber-gan xoʻja yarim hazil, yarim chin gapirib, Avazni oʻtirgan/shrga tanishtirdi. S. Siyoyev, «Yorugʻlik» .

2 Bajarilishi qiyin boʻlmagan; oson.  Institutda oʻqish hazil deb oʻylaysanmi? Shuncha yukni koʻtarish hazil emas. yat  -Professor boʻlishning oʻzi ham hazil emas, — dedi Umid Raʼno bilan Hafizaga. Mirmuhsin,

Umid.  Uch-toʻrt oy ichida uchastka qurib olish hazil ish emas. N. Safarov, «Olovli izlar» .

</a>t YAʼa.

Hazil qilmoq Hazil tarzidagi gap-soʻz aytmoq, xatti-harakat qilmoq.  Ergash bola-larning birining yelkasiga urib, birining burnini chimchilab, yana biriga.. bor, burning-ni yuvib ke, kirdan qorayib ketibdi, — deb hazil qildi. I. Rahim, «Chin muhabbat» .  Nima boʻldi juvonga? Ertadan kechgacha kundosh-lari bilan oʻynashadi.. hazil qiladi, qitiq-laydi.. Choʻlpon, «Kecha va kunduz» .

 

Comments

Ommabop xabarlar

Biz bilan birga yana xo'sh (Rustam)

Barcha individual ishtirokchilarning raqamlari men uchun 6 raqami sifatida

Nima