6 bu - menga jon-u dil bo'lsin: shu sarlavha ham ichimdan gap bilan aytildi: men esa aynan shu uchchala jumlaning yozuvini ularga bo'rttirdim
6. Mening ba’zi ishlarim bo’ladiki, men o’zimni, buni o’zim qilishni boshlasam, obro’li his etaman. Shunday onlarda ichimdagi muttaham ahmoqlar yig’ilib olishib mening o’rganib qolgan odatimdan foydalanib vaziyatni o’z qo’llariga og’darishib obro’ bilan boshlanadigan ishni o’zlariniki qilib qo’yishadi. Endi shunga nima deysiz, qanday nobakorlik, beparvolik! Mening orligimga rahna solib beparvolik bilan mendan o’zimni yulib olib ketishayapti. Shunday hollarda o’zimning ichimdan erkaklarning yoki ayollarning, ichimdagi insu-jinslarning dushmancha buyruqlari, g’idr-bidrlari yoki ruhimni har xil bo’ysundirishlari bilan jahlim to’zib aynan devonalik tushunchasi nima bo’lsa, shu jinnivozlikka o’xshash yaqin holatni boshimdan kechiraman. Bu degani aynan bu obro’ uchun meni egallash davrchasida yoki lahzasida ular bilan to’liq almashinib ularni o’zimning tanamni, vujudimni va gaplarimni to’liq boshqaruvchisiga aylanishlariga majburan yo’l qo’ygan bo’laman. Shuncha meni gapirishimni har zamon mushtoq bo’lib so’rab kutib yurgan ichimdagilar, shunday paytlarda mening vujudimni egallab bo’lib birdan gapirishimga to’sqinlik bilan yondoshadilar. Xuddiki bu – obro’, martaba yoki hurmat uchun talashli o’yinda meni har doimgi mot qilish usullaridan borayotganga o’xshab kelajagimdagi harakatlarimning qotganligiga ega bo’laolganliklarini bildirishadi. Ammo o’yinning borishi shuning uchun emas, balki yaqin kelajakdagi harakatlarimning qotganligini haligacha topaolganliklarini ishonarli bildiraoladigan biror hodisa bo’lgani yo’q ham. Holbuki ular qilaoladigan birdan-bir hozirgacha bo’lib kelayotgan ish bu – mening odatiy, o’rganib qolgan harakatlarimdan kelib chiqib obro’li sanaladigan ishlarimni, shunga kelib qolayotganimni ishonchlariga kirgizib borgan sayin oilamizning ulug’lariga ikki qo’llab topshirishdan iborat. Shunday odatiy ishlarimga oddiygina mehnat qilishga kirishishim misol bo’laoladi. Do’konimga ishlayman deb eshigiga yaqin kelishim bilanoq bunday devonalik xuruji bo’lib o’tadi. Boshqa uy-ro’zg’or ishini qilishim buyurilganda ham shunday jinniqo’ylik xuruji bo’lib ichimdagilar mening tanamni va vujudimni, e’tiborimni yoki hayotimni qo’lga olish uchun yuzaga, to’liq boshqarishga chiqadilar. Shunday hollarda bilmadim, nimadir ro’y beradi. Tashqaridan qandaydir g’ijimlangan yoki majaqlangan mushtchaday, kichik bir qora to’lqinlar jahlning nimaligini bildirib qahr bo’lib ichimga, jonim e’tiborimda deb topilayotgan tanamning nuqtalariga, joylariga kirib olishadi. Shu to’lqin yoki qora chiziqlar, iplar aralashmasi (saksovullar) jonimni o’ynativoradiganday o’zimni noqulay majburlaydigan ahvolga tushirishadi. Zotan keyingi gaplarim yoki harakatlarim hali ham o’ylangan yoki oldingi sabablardan kelib chiqayotgan bo’lsalarda, o’zimni “bo’qiskiy” ahvolda sezaman. Jinsiy zo’riqishga tushib o’zimdan o’zim bo’rtib ketayotganga o’xshayman. Xayolimda nima bo’lsa, shuni barcha tajribamga bog’lab majburlangan holda gapirishga yoki jonimni chiqarishga bel bog’laganday o’zimga o’zim begonalarcha ikkilanib qolganday urinaman, beparvolik bilan tirishaman. Ichimdagilar va insu jinslar ehtiyotsiz hollarida tursalarda, yutuqli tarafning ko’tarinki bosimida qoniqib yashashdan ko’zlari ko’r bo’lgan sanalishadi. Birinchi boshlanishida o’zlari bo’lib o’z joylarida mendan kichik inson bo’lib joylashib olgan holda meni qaytaraverish yoki takrorlash, o’tmishimni shunday yozib borish ishlariga hozir endi “tuf” deyishib o’zlarini mendan katta kishilar bilan tenglashtirib, shularni ko’tarishga xizmat qilishmoqdalar. Shundoqqina hayron qolish mumkinki, shuncha payt bo’lib yurgan o’zingning yuzingga boshqacha pozangdan nega oyoq bosasan kishi!? Ular hozir men va ukamni ham ching’itish bilan ovoradirlar. Bu yerda hozirgi asarimda yoki qo’l yozuvimda nobakorlik, ching’itish singari yangi so’zlar ishlatildi. Ichimdagilar aytishmoqdalarki, “yangi so’zlarni yozaverasan, shular kelaveradi”. Bu degani mening bo’lg’usi tanamni va og’zaki so’zlarimni egallab o’zimning jonimni o’zimda tebratayotgan ichimdagilarga teskari ravishda men yozuvdagi yangi so’zlarni ularni qiynash orqali sinayapman. Hattoki mana hozir, nima yozishni sal o’ylanib turganim uchun asosan xudocha yoki ichimdagilar menga yana jahl otini mindirishib oddiy holatlarni kallamga kiritib, shuni yozishga majburlashayotgandaylar. Men shu oddiy holatlardan shundoqqina yozuvimga aloqador katta bog’lanishli hodisalarni ko’zdan kechirib yozishim kerak. Ichimdagilar, insu jinslar yoki ruhlar qachon meni bilganday mazax qilib meni gapirishsayu, shundan so’ng men aytadigan gaplar ularning bu mazaxli javoblariga mos kelsa, demak, ular mening shu gapimni haqiqatan oldindan bilishgan sanaladi. Hattoki mening jahl otiga minib mazaxlariga qarshi ravishda shu gapimni gapirdim deganim ham o’rinsiz sanaladi. Kerak bo’lsa, ular shu jahldor holatim bilan bu gapimni ham allaqachon oldindan bilishgan. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, o’zlari mening tanamda, o’rnimda bo’lib men orqali gapirishmoqdalar. Shuning uchun jonim bo’rtgani menga seziladi va diqqatli qiynaydi. Shu bularga hozirgina ichimda misol bo’lib o’tdi. Sezib yurgan bo’lsangiz, ko’pincha nima yozayotganim paytida bo’lsa, darrov shu holatimni ochiq-oydin yozaveraman. Albatta, bu yozuvlarim o’zi bilan o’zi-kuya, shulardan oldin men kechangi yozuvlarim ta’sirida o’zimning ahvolimni sezib kelganligimni ham bilib qolayapman. Shuning uchun bo’lsa kerak, kechaga yoki oldingi kungi yozuvlarimga va bo’lib o’tgan bir kun davomidagi ishlarga teskari o’laroq shunday, jonimning devonalashuv xuruji haqida yozishga majburman. Kechangi gaplarimga ko’ra tan o’zimniki, jon insoniyatniki degandim. Shu tan, badan bosimi bilan kechadan boshlab bugungacha kun bo’yi insoniyat ozor chekkanga o’xshaydi bechoralar. Shunga bo’lsa kerak, birdan sakrab qolishganga o’xshashayaptilar.
Comments
Post a Comment