Tsenzura
74. Davlat va oilamni, jamiyatimizni sotmasdan yozish mening orzuimdir. Masalan, men ko’cha-xiyobonlar, xususiy mulklar tushirilgan rasmlar va voqea-hodisalardan nariroqda yuriyman. Shular haqida yozmayman. “Ona yurtim, oltin beshigim” sanalmog’i darkor. Bitta narsani aytib o’tishim mumkin, bugun ertangi kunda bo’ladigan Mustaqillik bayramimizning arafasidir. Mustaqilligimizni va istiqlolimizni baralla aytaveraman va yozaveraman. Shu haqida she’rlar, qo’shiqlar va dostonlar, umuman asarlar barcha, buyuk yozuvchilarimiz tomonidan yaratilgandir. Bir tomonlama sizlarga haqiqatni oshkor etsam ham bo’laveradi. Shuki, yozayotganimda haqiqatan ham qo’rqaman. Ichimdagilar uni yozma, buni yozma deb turishaveradi. O’ylab qarasam, aynan mana bu jabhalar, oila va davlat maskanlari haqida yozmasligimni talab etishmoqdalarga o’xshaydi. Bu – o’zimning himoyam uchun sanalgan bo’lishi kerak. Hali shunaqangi xabarlar uchun shov-shuvlarni eshitganim yoki bilganim yo’g’-u, ammo o’tmish tajribam yo’lida shular xiyonatga loyiq deb hisoblansa kerak deb sanamoqdaman. Milliy himoyachilarimiz bunaqangi ma’lumotlarni yomon baholaydilar. Mana shu oralarda turib yozaman. Binobarin yozuvdagi ma’lumotlar qanday bo’lishi kerakligi va qanday tsenzuraga rioya qilish haqida hech kim o’rgatmagan menga. Bularning barchasi o’zimning ichki, orli qo’rquvim bo’lib chiqishi ham mumkin. Chunki yana kim bilsin, internetda hamma narsa, har balo uchraydi.
Comments
Post a Comment