To'rtta dunyo yoki tabiat borki, ularni har xil parallel deb hisoblashimiz mumkin
46. Bugungi oy sanalari o’zimning belgilangan kunlarimdan 44 kun orqada hisoblanadi. Bugun 2-avgust 2021-yil bo’lsa, o’zimning belgilangan sanam shu blogli xabarim boshidagi 46 soni hisoblanmoqda. 4 sonida taqalib turar bo’lsak, endi men shuni sizga aytayin. 4 raqami bu – ruhning tabiat o’rnida baholanishini anglatadi ham. Bu degani 4 ta dunyo yoki tabiat ostida bizlar huzur ko’ramiz yoki hayot kechiramiz. 1-dunyoda faqatgina kelajakning tarixdaligi yoki oldindan ma’lumligi bo’yicha yaratib bo’lingan dunyo, Got faoliyat yurg’izadi. Dunyolar bir-birlari bilan alohida hisoblanishadi. Shu degani 2-jahon yolg’on haqiqatli, (orli) haqiqiy insonlar turmush tarziga ega dunyo sanaladi. 3-dunyoda xudoning tushlar uchun yasaladigan olami, jahoni yoki tabiati mavjud. 4-dunyo tabiati esa o’zimning yoki boshqa birov payg’ambarlarning har birining o’ziga tegishli o’liklardan, fandan iborat butun jahoni sanaladi. O’zimni olsak, men faqatgina o’zimning dunyom haqida to’liq ma’lumotni bilib beraolishim mumkin. O’zimning o’likli yoki fanli dunyomda hamma narsa bor, uylar va zavod-fabrikalar mavjud. Kunlarim kecha va kunduzga ulanib aylanib turaveradi. Tush dunyom haqida ham oz-muncha xabarim bordir, zero uyqumda deyarli har kuni tush ko’raman. Tushimda barcha kerakli sanaladigan axloqiy xayollarim yoziladi. Tushdagi insonlar va tabiat qonun-qoidalari hayratomus, g’aroyib yoki mo’jizakor tarzga kiritilgan holda amalda sinaladi. Mening xabarsiz qolayotgan dunyolarim 1- va 2- sanalmish orli yoki devona nafli insonlar hamda “Got”li jahonlar bo’lishmoqdalar. 1-dunyoga kelsak, odlin ham aytganimizday barcha voqealarning kelajagi oldindan ma’lum deb qaraladi. Bu – asosan joylashuvning bandligi bo’lsa, ne ajab. 2-dunyoda bo’lsa, boshqa dunyolarga o’tib qolgan inson zoti tushunchasi barq urib yashamoqda deb taxmin qilmoqdaman. Bugun 46-sanamda “To’rt” sifatidagi dunyolar yoki tabiatlar “Olti” shaklidagi o’zim bilan aloqador bo’lishmoqdalar.
Comments
Post a Comment