uzbek language siteenglish language site

Men tizimli ravishda hayotim bilan teng yoki mutanosib olib borilayapman, keyingi payg'ambar bo'lmish Ibrohim hayotining ichida shu hayotidan uzilgan holda yashaydi

55. Endi men o’zim yaratuvchiman deyaolmayman. Bugun ikkita a’lo baholi, 5 li farishtalar kuni sanalmoqda. Farishtalar birovlarga parallellik taxtlab bersalar ham, o’zlari doimo haqiqiy dunyo bilan bir xilda yashashadi. Shuning uchun bugun menga dunyoyim o’lmasak o’liklar-u ularning tanasidagi tiriklar yashaydigan umumiy voqea-hodisali yoki sharoitli asl jahon sifatida ko’rinmoqda. Albatta, shunisi ham ta’kidga molikkim, hozirgi ish boshlanish soatimga yetib kelgunimcha yoshligimdagi yoki birligimdagi qilib yurgan mehnatlarimni shu bugungacha birinchi bor qaytarishdan narigi o’zgarishni yoki dunyoviy farqni sezganim ham yo’qdir. Ammo shu kunlari haqiqatan ham ko’proq ishlayotganimni sezib qolayapman. Bu yozuv ishim emas, balki har qanday boshqa jismoniy mehnat hamdir. Bu degani dunyo turg’un bo’lsa yoki yagonagina vaqtning o’tishiga asoslansa, vaqtdan ham avvalgi birinchi turg’un asos sifatida jismdagi qilgan ishimiz orqali foyda olish uchun xizmatimiz qancha ko’paysa, o’zimizga shuncha yaxshi bo’ladi degani. Lekin hali ja uncha deb hisoblayolmasam ham kerak. Chunki o’g’lim Ibrohim o’ziga borliq-tabiat tashvishini olibdimi, men ota bo’lib uning o’tib boruvchi har ondagi o’zgarishli olamining majburiy ishtirokchisiga aylanaman. Bu holda dunyo bilan borliq-tabiatini farqlaydigan es, ong qolmaydi desa ham bo’laveradi. Ibrohimga tegmasdan aloqada bo’lsam, Ibrohimning joylashuvi aniq bo’ladi. Agar unga tegib qolsam, men faqatgina Ibrohimning yolg’on nusxasiga teri bilan tegib turgan bo’laman xolos. Ibrohimning o’zi esa menga ham bilinmas, aloqaviy imkoniyati umuman yo’q hududga vaqtincha kirib ketadi desam to’g’riroq bo’lar. Bu uning tinchligi, xavfsizligi uchun o’zida bor mo’jizakor, bosimiy yoki mavhumiy kuchi sanaladi. Bu – shu aytilayotgan dunyo va borliq-tabiat mo’jizasi deyiladi. Dunyo tashkil qilingan barcha hududlarni o’lmasak o’liklar, vafot etganlar tashkil qilib turibdi. Ularga kamdan-kam tirik insonlar kerak. Tabiat-borlig’ini esa payg’ambar uchun barcha tirik orli aholi o’zgaruvchan voqea-hodisalarga boy ravishda taxtlab turibdi. Yosh payg’ambar bolaga dunyoning kamdan-kam boshqa hududlari yoki maskanlari kerak. Ibrohim meni Sanskritchi deb ayblasa kerak. Dunyo bilan bog’lanib men butunjahon so’zlashuv qobiliyatiga ega bo’laman, nima desam ham haqiqatga monand, xatosiz bo’ladi. Faqatgina o’zim dunyoyimga, Yer aylanasiga nisbatan kichik er yoki yercha bo’lganim uchun butunjahon so’zlar mening bo’g’zimga yig’ilib turib teskari taraflama faqatgina o’zimning xohish-istaklarim, xarakterimni qo’shib qo’ygan holda ifoda etiladi. Men endi farishtalarga yetib olibmanmi yoki ularning hayoti bo’libmanmi tizimli tahlilning elementi sifatida qaralaman. Farishtalar borliq-tabiatidan ham ustun sanalishadi, ular uchun koinotning cheksizligi farishtalarning o’zlari bo’lgani uchun koinot ham ularga yopiq sanaladi. Farishtalar barcha koinotlar egalaridirlar. Tizimli tahlilda esa yopiq tizim elementlarining aloqlarining barchasi o’rganib chiqilgan sanalmog’i darkor. Shuning uchun qanday sababli ish qilsam, shundan natijali yoki oldindan ma’lum kelib chiqadigan oqibatga duch kelaman. Faqatgina bu – natijalar xudo yoki alloh tomonidan dunyo ahli soni bo’yicha yashiringan holda o’ynatilib keladi. Allohning insoniyat, dunyo ahli bilan bog’liq o’yini bo’lmaganda edi barcha sabab-oqibatlarni o’rganib chiqaolardim. O’zimning qilgan ishim hoziroqda nimaga yo’liqtirishidan tortib butun kelajak yo’limda nimalar bilan to’qnash bo’lishimni aniq baholab beraolardim. Shunday qilib Ibrohim o’g’lim meni o’ziga jismonan tahdid qildirmaslik maqsadida, shunday imkoniyatlarni sinagan holda o’zidan irg’atish yoki uzoqlashtirish jarayonida vazifaviy, funksional yoki ilmu-fanli qonun-qoida bilan ozgina harakatlantiradigan, aniq ko’zga tashlantiradigan, sal-pal joylashtiradigan qilishi mumkin.

Tizimli tahlilda insonlarning jonsiz narsalar bilan aloqlari oldindan ma’lum yoki yo’lga qo’yilgan, ammo boshqa birovlar yoki kimsalar bilan bog’lanishlari noma’lum deyilsa ham boladi.


Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?