uzbek language siteenglish language site

Men dunyoni ilm -fan bilan boshqaraman va dunyo meni hodisalar bilan cheklab, atrofimni fan bilan boshqaradi

 48. “Yozdik, chizdik, charchadik, ruchkani qo’ydik, dam oldik” deb ushbu yozuv xabarimni boshladim, ha-haha. Endi nima demoqchiman, bugun kallaga unchalik tepmayaptiki, maylida. Buning sababi shu 48 sonida bo’lsaki, ne ajab. 48 bu – endi 40 dan, aniqrog’i 4 dan o’tib, barcha yolg’iz sanalgan raqamlarning oxirgisini yoki 6 ni 2 taga ortda qoldirib tugatgandan so’ng keladigan ruh va farishta guruhli raqam bilan bog’liq son sanaladi. Endi ruh har birimiz bilan hisoblashib turmasdan, eng dolzarb yoki yana farishtaga borayotgan sifatida qabul qilinishi kerak. Lekin bu kunning nisbiyligi 3 yoki (4+8=12) dan olingan 12 sonining raqamlar yig’indisi bo’lib sanaladi. 3 bu – xudo, lekin farishta uchun shu unchalik ahamiyat kasb etmayapti. Bugun ertalabdan koronavirusga vaksina qabul qilib keldim. Bu – kechangi yozuvimga nisbatan uyushtirilgan dunyoviy javob edi, aniqrog’i dunyoning, o’lik zotlarning shu yozuvimga bo’lgan izohi sanaladi. Zero karonavirus dunyoning eng dolzarb bo’lib qaratatilayotgani sanaladi. Karonavirusni qabul qilish muolajalari davomida xuddiki turli xil shifokorlarning xonalari almashinganday voqealar sodir etildi. Aslida bu – atrof-borlig’imning qanday haqiqiyligiga bog’langan holdagi ishlash edi xolos. Aslida esa shu haqiqat, borliqning voqealari batamom izchilligi bilan yangilanadi, boshqacha yoki aloqasiz tus oladi, o’zgaradi deyish mutloq to’g’ri bo’ladi. Aniq misol bilan aytadigan bo’lsam, bu – xuddi shunday. Aslida atrof-borliqda sezib-ko’rib turgan kishilar, narsalar va hodisalar shu zahotiyoq umuman boshqa joydagi voqealar bilan o’rniga qo’yilishi mumkin. Bu – har soniyada yoki dolisekundlarda ro’y berib turishi ham mumkin sanaladi. Lekin o’zim buni bir xil, bitta yoki bir joydagi voqea va hodisa davom etayapti deb sezayveraman. Ahamiyatlisi shundaki, balkim soniyalar deymizmi yoki daqiqalar ichida umuman boshqa-boshqa o’zgarayotgan voqealar har xil dunyoviy joylarda bo’lib haqiqatan turmagandur. Shu voqealar o’zimning mantiq-manomga ko’ra yo’qdan-bor bo’lib, o’z-o’zidan yoki ilmu-fanga zid ravishda paydo bo’lib kelayotgandurlar. O’zim shu, voqealarning borliq-atrofda boshqa bo’lib o’zgarishi bo’yicha dunyomizning tartibga solinishi borasida lilmu-fanli bosim o’tqazaman yoki bilmasdan hujum uyushtiraman. Dunyomiz, aniqrog’i o’liklar va o’zimdangina iborat 4-dunyomiz o’zimning atrof-borlig’imga, tevarak-atrofimga yoki muhitimga shu o’liklar orqali global rivojlanish, dolzarblik, fanning keng qamrovli (Yer kurrasiday) hududda o’rnatilishi borasida ilmiy hujum qiladilar. O’zim e’tibor berib o’zimga boqsam, qanchalik og’zaki nutqda monologlar yoki yolg’izlik suhbatlarini o’tqazsam, shunchalik darajada ichimda ham gapirib, kerakli holatlarni izohlab turishim kerak. Tashqaridagi yoki og’zaki gaplarim 6 sifatidagi o’zimni bildiradi. Ichkaridagi yoki dilimdan bo’lgan gaplarimni hozircha teskarililikdagi yoki 1 raqamidagi, aslida esa 5,5 sifatidagi payg’ambar bo’lishi kerak bo’lgan o’g’lim Ibrohim bilan aloqa uchun gapiraman. O’g’lim Ibrohim vositasida oddiygina hayot tarzi, dunyoqarash yo’nalishida bo’layotgan o’zimdagi hayot yo’limga aloqador sifatida dunyoni atrof-borlig’imdan boshqaraman. Endi, ruh bilan bog’langan holda unchalik gap, yozuvli xabar tuzish mumkin bo’lmayapti. Na iloj, har holda yozuvlarimning sifati ancha yaxshi bo’lsa kerak. Shuni albatta sizlar baholaysizlar.

Comments

Ommabop xabarlar

Biz bilan birga yana xo'sh (Rustam)

Barcha individual ishtirokchilarning raqamlari men uchun 6 raqami sifatida

Nima