uzbek language siteenglish language site

Hamma hamma uchun, bir kishi o'zi uchun

 


75. Nimaga? Aynan nima uchun men yaqinlarimning xarakteri yoki diqqat-e’tibori bilan cheklangan holda ularga yuzlanib yashashga majburman? Negadir ularning har biri o’zi uchun bir xil bo’lgan tashqi muhitga aloqa qiluvchi munosabatlar doirasidan chiqmaydilar. Ilmu-fan yoki dunyoqarash yuzasidan yaqindagilarim menga barcha, aholi beraoladigan hamma holatni yoki vaziyatni bir kami-ko’stsiz ko’rsataolishadi. Ammo nega shu borada ham hamma bilan bir xil sanalishadi? Shu ilmu-fanni yoki dunyoqarashni ko’rsatayotganlarida yoki bildirayotganlarida ham xarakterlarining, diqqat-e’tiborlarining, tajribalarining chek-chegarasiga yetib turganliklari sezilib turadi. Shu diqqat-e’tibordan boshqasini ochaolmaydilar, bu vaziyat uchun boshqasi yo’q hamdir. Bu doiralarni tepparoq sal nariroqdan kuzatsak, oddiy o’rganib bo’lingan nazoratimdan boshqasi bilinmaydi. Boz ustiga shu doiralaring ustida hech narsa o’zgarmasin deb sig’inib turishing kerak. Aks holda muammo bo’lsa, birinchi navbatda bema’niligidan va kutilgan tarzda borishidan xafa bo’lib qolosan kishi. Shuncha vaqtning ma’lum o’rganilgan holat uchun ketib qolayotganidan achinib qolasan o’zing. Yana muammo o’zini kantrastli, qiyoslanadigan ravishda sezdirib davom etaversa, shuning beobro’ligidan o’zingni qo’yarga joying qolmaydi. Binobarin keyinga intiluvchan, noma’lumlikni sezib hal qiluvchan barqirab turgan hayotlar orasida yashasang qanday yaxshi!

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?