uzbek language siteenglish language site

Gallyutsinatsiyalardagi fizikaning jism qonunlariga qarshi bo'lib uchib yurishim ichimdagi psixopat ahmoqlarning moddiy tanamni tirnashlariga teskari o'laroq javob

 


63. Bugun yana 3 lik kun sanaladi. 3 lik kun 3 kun oldingi 60-kunning o’zini qaytaradi. Shuning uchun 60 ni ikkinchi bor ustiga tushib manosiga erishgan holda ertalabdan tushlikkacha tush emas, sof gallyutsinatsiya ko’rib chiqdim. Gallyutsinatsiyalarning qanday borishiga, qanday qilib chiqayotganda tanam bilan qayta bog’lanaolishiga, yaqin kunlarda hayron holda qoyil qolib keluvdim. Chunki ba’zan menda gallyutsinatsiyalardan uyg’onib turayotganda kallamning ichiga toshni, etni yoki miya go’shtlarini sezgan holimcha jonimni ularga yana tikardim, birlashtirardim. Shuning ham sababi borligini yana gallyutsinatsiya voqealari qanday kechishidan bilsak bo’ladi. Men shu gallyutsinatsiyalarimda polga tegmasdan pastda ohista, sekinlik bilan uchib yuriyman. Haqiqiy hayotdagi tanu-jonimda yoki kallamning, miyamning moddiylashuvida hali ichimdagilar tomonidan ham topilmagan qanday sir-sinoat bo’lsa, gallyutsinatsiyalarimda shular haqida to’liqligicha ma’lumotlarni bir-biriga ulanib ketaveradigan har xil virtual tuzilgan voqealarda ko’rib bilib bahramand bo’lib qolasiz. Ularda uchala borliq sezgilaringizga, eshitish va ko’rish, harakatlanishga ko’proq alohida holda qaratilgan virtual voqea-hodisalarga duch kelasiz. Barchasi diqqatingizni o’ziga jalb etmasdan qo’ymaydi. Miriqib hordiq olganday bo’lasiz. Agar shu sezgilaringiz bilan munosabatlar jiddiylashuvini siz ham ahamiyatli tarzda ohista jadallashib sezib borsangiz, oxirida uyquli gallyutsinatsiyadan qanday qilib haqiqatdagi yotgan tanangizga ulanganingizni juda osonlik bilan kechirasiz. Agarda shosha-pisha, ortiqcha zavq yoki hadiksirash, qo’rquv bilan gallyutsinatsiyalaringizni tartibsiz tushunib tubdan o’zgaruvchi voqea-hodisalarning o’z holicha uzluksiz borishini buzgan holda o’z o’rnida, borish surati bo’yicha bo’lmagan bog’lanishlariga majburlasangiz uyg’onayotganingizda ruhingiz yoki joningiz kallangizning jismliligini, toshligini sezdirgan holda tanangizga qaytib kiradi. Natijada boshingiz, kallangiz lo’qqillab yoki titroq bosib og’rishi mumkin. Xuddiki joningiz yoki ruhiyatingiz kallangizning miyasining hamma yerini to’ldirmaganday bo’ladi. Gallyutsinatsiyani shundoq boraverishda Sanskritchasiga “kallani yutsin sensatsiya”, deb atash joizdir bu holda. Haqiqatan ham gallyutsinatsiyalarda kalla yutilgan holda sensatsiyalarni yoki hissiyotlarni ko’rib, sezib yoki guvohiga aylanib chiqamiz. Endi mana kun tushlikdan o’tib ham borayaptiki, 3 li aloqa uzulishidan so’ng bog’lanish ikki marotabaga Ibrohimdan uzoqlashgani uchun uning tanasiga kirib olgan eski xudo mening ustimdan takroriy yoki qaytariladigan xatolar bilan kula boshlayapti. Bo’lmasaku, shu paytgacha Ibrohimning qaytarishlarining yoki takrorlashlarining mendagi ifodasini teskari bo’lishiga qaramasdan menga majburlab bajartirishardi. Va miq etib shu haqda og’iz ham ochishmasdi. Chunki qaytarishlarni yoki takrorlashlarni men bilib qolsam, Ibrohim o’z-o’zidan qiynalardi. Shu boisdan nafaqat meni bularni bilishdan ham aldab teskarililiklarni qildirishardi, balki takrorlanadigan ish qilishimni noxosdan amalga oshirganimda ham vahimali hadiksiratish bilan meni ruhan, ichimdan tanamning “toshligiga” yoki moddiyligiga tegib urib sindirishardi. Hattoki ushbu yozuvlarim, kundaliklarim yoki xabarlarim ham qaytarilmasligini astoydil tekshirib bir necha bor menga dakki berishganlar. Bu – Ibrohimni o’zimdan, o’z otasidan “qandaydir ma’noda” asrashlari bo’lsa kerak. Nima ham derdim, “eshagim loydan o’tdi, ishim bitdi” naqliga amal qilishayaptilar shekilli. Ibrohim 1 raqami sifatida teskarililik, qaytarilish yoki takrorlanish sanaladi, uning joni og’rigancha mening jonim qiynalsin deyishadi iblislar. Men har doim kuchli, katta qistovlar ostida yashayapman. Ichimdagilar, meni ruhimni ichkaridan o’rab olganlar odatlangan yoki hayotiy qilib yuradigan ishlarini noxosdan ham qilsam, darrov ruhimni seskantirishadi yoki jonimni tanam ichida yakkalab taranglashtirishadi. Bu degani ular devonaliklariga hech kimni yo’liqtirishni istashmaydi, har birlari o’zlarining sof, bir jinsli jinnivozliklari bo’lishlari kerak. Agar men ham ularning hayotish qiliqlarini yoki ishlarini bilmasimdan qilib qo’ysam, ularning foydalari, jinnivozliklarini qaytargan holda devonaliklari bilan ustma-ust bitta bo’lib tushgan bo’laman. Ustma-ust bitta bo’lishning esa hech qachon ma’nosi yo’qdir. Bittami, bitta deyiladi xolos. Bittada ikkita yoki ko’p bor deyish har doim boshqacha tushuniladi. Bu – xuddiki men bir zum sening butun hayotingni o’rningni egallagan holda boshimdan o’tqazdim, endi sening navbating deb doimo dir-dirlab, titrab yoki ramka hosil qilib olishib turishni bildiradi. Binobarin men ichimdagi barcha devonalarni, insoniyatni shunday qilib birlashtirganman yoki o’zimga qaratib yig’ib olganman. Ularning har biri meni o’zlaridan chiqarib tashlab sof yakdil, har birining o’zi bilan o’zi aralashma hosil qilmoqchi bo’lishadi shekilli. Mana yana menga buyruq berishayapti u iblis ichimdagilar. Bo’ldi xay deyaptilar, shu emish. Mening qancha yozuvim borligini ham bilib berishadi bemalol. Haqiqatan ham ular qandaydir to’xtatib qo’yish kuchiga egalar. Ichimda nimalar borligini nazorat qilib turishganlarday. O’ylatishga qo’ymasalar bas, hech narsa yozaolmasligim kerak emish. Ularni men sezaman. Qachon ularning basharalarini ochsam, yoki ularga qarshi borsam, darrov bir-ikki deb sanashga tushadilar.
“Qani, mening aytganim bo’larmikan yoki uniki”, deb o’zlaricha olishadilar ahmoqlar, psixopatlar. Men bu ahmoq tupoylarni yoki psixopatlarni yaxshi bilaman, lekin baribir ularning tizginini bichaolmayapman. Bilganim bilan farqi yo’q, bilganimni qilishaveradilar.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?