Mening blogimdagi barcha xabarlar yoki matnlar - bu ahmoq deb hisoblanadigan haqiqiy odamlarning idroki va mening yozgan qobig'im.
43. Bugunning manosi shudurkim, xudo ruhdan alohida bo’lish orqali so’nggi bora o’zim bilan vidolashayapti yoki o’zimga bo’lgan boshqaruvni qo’ldan chiqarish paytidadir. Xudo eng oddiy birinchi devona va devonalar orasidagi eng so’nggi vazifaviy bo’lib qoladi. Bu - xudoning haqiqiy devonalar sanalmish insoniyat uchun eng qoloqligini, mag’lubligini bildiradi. Albatta, hozircha hech bir inson allohchalik devonayu olam bo’lgan emasdur, ammo payg’ambarlar bilan almashinaverish davomiyligida ma’lum bosqichdan so’ng odamlar yoppasiga jinnivozlik tarafiga kiraboshlashadilar. Devonalik degani bu – sizlar uchun eng oddiy misol bo’lmish yozuvlarning o’zi. Yozuvlar xudo sanalmish butun dunyodagi barqaror yoki bir xil osoyishta ravishda insonda bo’ladigan o’ylovni qaysidir jabhalariga bosim umumiyligi bilan bog’laydi. Xudo shu o’ylov orqali dunyoning qayerida nima ro’y berayotganini o’zi bilan birga sezmaslik bilan olib borishdan farqli ravishda bu o’ylov umumiyligi yoki birlashuvli vaziyatini jahonning ma’lum go’shalarida sodir etilayotganini sezib qolib o’z-o’zidan foydalanadi. Yozuvlar, kitoblar yoki matnlar o’z o’quv mazmuni yo’nalishida insonning o’ylovini ham foydali tarzda boshlab boradi. Devonalik haqida so’z bo’rayotgan bo’lsa, mana sizga shu. Yozuvlar ham xuddi xudoning vakuumli o’ylovining shu bo’shliqda yanada qisilishi orqali oladigan vaziyatli sezgisiga o’xshaydi. Yozuv-chizuvlar yoki hayotiy narsalarning ko’rinib turgan shakllari davom etishi uchun o’z-o’zining ketidan o’z-o’ziga tiqilib, siqilib kirib boraveradi. Tiqilish yoki siqilish ko’pchilikning yoki inson zotlarining birligini bildirgan holda qanchalik qiyin bo’lmasin, shuning rezonansiday yoki ko’pchilikning ta’sirlashuvidan olingan o’ylovli yoki ongiy lazzat devona inson, bu insonlar uchun nafni yoki foydani keltirib chiqaradi. Oddiygina bildirganda maqsadsiz yoki yaramas, takroriy qimirlash harakatini qilganingizda o’zingizni qanchalik darajada bahuzur yoki muvozanatli, o’z-o’zidan foyda oluvchi ko’tarinki kayfiyatli sezasizki bu – aslida devonanomuslik, jinnivozlik, telbaoshiqlik bilan qilingan amal. O’z qolyozmalarimni, ushbuga o’xshash barcha matnlarimni o’zim yozayapman deyman-u, lekin aslida faqatgina qolipi yoki tekstning barcha tarkibli tuzilishi o’zimniki xolos sanaladi. Aslida esa shu qolib yoki qobiq ostida insonlargina xohlab ajratib bergan manolar yotadi. Zero o’zimni ichimdan kuzatib turgan haqiqiy tirik jon sanalmish xaloyiq ahlim yozuvlarimga kirishib, siqilishib yoki ko’pchilik orqali birlikni namoyish etib yozuvlarimni aynan boshqacha bir yo’nalishda tushunchali olib boradilar.
Comments
Post a Comment