uzbek language siteenglish language site

Nima

 

208. 12:31. Demak, birinchi boshidagi yozish paytimni o’tayotgan vaqt bilan boshlab ketaman. Endi, 3d character yoki animation model lari uchun internetni qidirsam, ozginagina ya’ni sanoqli mingtachalar modellar chiqadi xolos. Shular ham bo’lsa pullik yoki asosiy boshlang’ich ishi qilib ko’rsatilganlaridir. Maximo saytida default character bo’yicha hech qanday ustki kiyimni import, fbx ya’ni Blender ga ko’chirib o’tish uchun bermaydilar. Internetni t-shirt ya’ni futbolka uchun qidirsam, qanday qilish o’rgatilgan, videolarda ko’rsatilgan, ammo 3d dasturdagi modeli berilmagan. Bularning hammasidan tushunsa bo’ladiki, parallel reallik faqatgina o’rgatish vaziyatlarini, asosiy nuqtalarini va jihatlarini internetda ko’rsatib o’tadi xolos. Internetda tiqilinch qayta-qayta narsalar uchramaydi. Parallel reallik chindan ham bilimning asosiy jihatlarini, saboqlarini bir boshidan to’qib boradi xolos. Qolgan misollarni har kim o’zining tasodifiy haqiqatida qilib o’tishi kerak. Aslini olganda Blender dasturini opensource ya’ni ochiqmanba’li deyishadi. Umuman esa butun Dunyoda necha kishi ya’ni juda ko’pchilik o’z ishlarini bepul, shundayligicha namoyish qilishni istaydi. O’ylab bilishimcha olib qarasak, bepul taqdimotlardan so’ng pulli ishlarga jalb etilish rejasi har kimga to’g’ri keladi. Ammo qani shuncha bepul ishlar, taqdimotlar. Birontasi bizga ma’lum emas, chunki Parallel reallik internetni vaziyatli nuqtalar bilan to’ldirib tashlagan xolos. Bizlarning misollarimiz aralash vaziyatli nuqtalarni, jihatlarni o’rgatishimiz ko’rsatilmaydi, parallel ma’lumotlar orasida yo’q qilinadi. Yolg’iz o’zim uchun olib qarasak, o’tgan yil Sentabr oylaridan boshlagan 2d, Macromedia Flash loyihalarim va yaqinda ishlab qo’ygan 3d li ya’ni Blenderdagi videolarim soni 8 tachaga yetdi chamamda. Bitta o’zimda shuncha video bo’lib, shulardan 1-2 tasini Youtube da joylashtirgan bo’lsam ham, baribir hech kim ko’raolmasligini bilaman. Chunki orlilar parallellikni ya’ni kompyuterni kus (insonning mavjudligiga ko’zni uzmay qarash) deb bilishsalar, tabiiy nusxalar orlilarning butun Dunyo bo’yicha alohida tarqalib yashashlaridan xabardor bo’ladilar. O’zim uchun aytadigan bo’lsam, o’zim ichimdagilar uchun tushda ularning chaqaloqliklarini eslataman. Tushimda o’zimni kuzatishlariga e’tibor bersam, ko’zimning bir nazaridan mehribonsirab va xavfdan asrayotganga o’xshab noma’lum joydan qarashlari, kuzatishlari ma’lum bo’ladi. Shu ichimdagilar qachon tushda qolmasligim, nomaqbulchilikka duch kelganim bilanoq o’zimni tushdan, riyodan chiqarishadi. Taxminimcha tushdan chiqarish uchun o’zimni qandaydir qilib tushda og’riqsiz o’ldirishadi, ortimdan bichoq suqishadi. O’limim ham bir zumda, teshib o’tish bilanoq ro’y beradi. Demak, hozircha parallellikning haqiqiy olamidagi, tushdagi chaqaloq rolini o’ynasam, bora-bora ichimdagilar safini kattalashib, o’zlariga xos ulg’ayish bo’yicha to’ldiraman. Ichimdagilar ham o’zimning haqiqiy, Dunyoviy olamimda uyimizdagi chaqaloqlar tomonidan hayotimga, atrof-muhit va borliqqa boqishadi. Demak, bolalarimiz qanchalik o’zimning oldimda e’tibor bilan bo’lishsalar, taxminan shuncha vaqt o’zim tush ko’raman. Umuman olganda tushlar oldindan bildirish ma’nosida kelishadi. Ammo o’zimning tushlarimni, bir kun avvalgi kechasi-tundagi uyqu ro’yolarimni qanchalik darajada ifodalamayin, o’xshatmayin yoki e’tirof etmayin, baribir aniq qilib o’zimning navbatdagi kundagi qiladigan ishlarimni aniq ko’rsatmaydi. Aniq ko’rsatish nima, balki (tushdagi) o’zimni o’zimning nusxam yoki birov qiyofasida hayotda, o’ngimda olib kelib qilayotgan ishimni ko’rsatishlari. Shuni kinochilar bir-ikki yerda, ya’ni hozir yotib olib esimga tushirsam, o’lgan inson Ruhining ko’tarilishi va o’zini tomosha qilishida, so’ng Doktor Strenj O’rgimchak Odamni ko’ksidan bir urib gavdasidan orqaroqqa havoda chiqarib qo’yganida namoyish etishgan. Shu bilan ish bitmasligini bilishimiz tayin, bizlar uchun aynan tushimizda ko’rgan ishimiz, hayotda qayta takrorlanishi kerak. O’zim tush so’zini riyo so’zi bilan birgalikda sinonim ravishda ishlatdim. Ammo riyoning ma’nosi wikilug’atda mana shunday:

Etimologiyasi

\a. tLj — ikkiyuzlamalik, muno-fiqlik; nosamimiylik

 

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Munofikona xat-ti-harakat; ikkiyuzlamalik. Qoʻshiqlarim bilmay gʻash, riyo, Oshkor kuldim, oshkor chek-dim gʻam. Zulfiya, „Xayollar“ . Tuygʻular olamni paypaslab misli nogiron, Topganlari boʻldi jaholat, riyo. A. Oripov, „Yillar armoni“ . Fakir odamning dili ravshan, riyo va makr-dan xoli, rahm-shafkatga limmo-lim boʻladi. Gazetadan . Anvar samimiy va riyo aralash tabriklardan oʻngʻaysizlangan edi. A. Qodi-riy, „Mehrobdan chayon“ .

 

Ahli riyo yoki riyo ahli Munofikdar, riyokorlar. Samimiy oshnoman deb, hamisha aybing istovchi, Tili dilga muvofsh boʻlma-gan ahli riyodan kech! Habibiy . Riyo ahlining aldok hurmatiga nafratim bordur. E. Vo-hidov, „Muhabbatnoma“ . Riyo qilmoq 1) ikkiyuzlamalik, munofiqyaik kilmok; 2) riyo-korlik bilan ezgu ishni yoʻqqa chiqarmoq.

Endi, o’zimning Lenovo, hozir ishlatayotgan noutbukim qopqog’i o’zining ishyoqmasligiga xos ko’p ham orqaga burilishi kelmaydi. Shu ham bog’liqlikning, Lenovo nomi va qilayotgan ishining parallel reallikdan tahlilidir. O’zimga qanday bog’liqlik bo’lmasin, u shaxsiymi yoki hayotiymi, barchasi parallel olam aloqa va bog’lanishlarining o’zaro tushunarli sabab-natijalarida bilinadi. Mana hozir narigi, yotgan boshim orqasidagi katta xonamizdan kelayotgan enamning telefonda gaplashayotgan ovozlarini aniq eshitmasdan yoki deraza tashqarisidan tovuqlarning qichqirig’ini, qo’qqilashini eshitib kallamning ichida genimga, o’ylovimga nisbatan qanday va nima o’qtalish, nayza yoki strelka bo’lib o’tayotganini sezaman. Barcha strelkalar, yo’nalgan chiziqlar parallel reallikdan sanskritcha ma’nolarni to’ldirib, bir-biravi bilan tartibli ravishda yaqindan bog’lab kelayapti. Bir nimani esalasam, yoki eshitib Sanskritchasiga e’tibor qilsam, atrofimda tabiiy nusxalardan darroq shu haqda adabiyotcha muammo hal etilmasa otimni boshqacha qo’ying. Adabiyot degani “adabi, odob-axloqi yot(dan)” degani bo’lib, insonlarning dab-durustdan aloqasi yotdan, yotga ya’ni tashqi muhitga har qanday, qayoqqa to’g’ri (iloji boricha chiziqli) yo’nalishli tarqalaverishi hisoblanadi. Sanskritcha adabiyotni o’ziga tortib olaveradi. Ya’ni bizning gavdamizdan ortimizga chiqadigan parallel olamli tasodifiy Ruhiyatimiz oldimizdan, ro’paramizdan aksinchasiga Ruhiyatli tasodif, istak-xohish bo’lib tasodifiy Dunyoning o’zidagi parallel nusxasi bo’lib aylanib qaytadi. Ruhiyat tasodif bo’lib ortga Parallel Olamga aylanish qilib o’zining tasodifiylik kuchini oxir-oqibat parallellikka ulashsa, shu yonma-yon aylanib kelgan nuqtada bizning gavdamiz parallel, mesh dagi ya’ni 3 o’lchamli o’z-o’zidagi soyali, bo’lib turadi. Mana nega hozir, har doim ham boshim ichidan yana bir bosh ortga siljib turganga o’xshaydi. Endi bilsam, o’zim qimirlamas, terim ustiga 2 tasi 1 da qilib qo’yilgan devman. O’zimga maynamga tegib kelayotgan mana shu tashqaridan mashinalar signallari Ruhiy tasodif kuchi o’z aylanishida Parallel Olamga berilib tugab qolayapti hamda Parallel Olam o’zimning parallel gavdam bilan dirrilayapti, o’ng’ayapti. O’zimga kelayotga oxirgi Parallellik bosimi tasodif nuqtalaridan uzilib, bo’shashib chiqib ketayapti hamda yuz ostki terimga kelib urilayapti.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?