Men-ku o'zim, sizlarga nima qilay?
27. Yashash
va hayot kechirish bir-birlariga uzviy bog’liq ravishda birini ikkinchisidan
umuman farqlab bo’lmaydiganday amalda bilinadi. Yashash, tushuncha orqali inson
tashqaridan olingan sezgilarini butun tananing o’zi bilan yopilgan yoki
mahkamlangan tuyg’ularda shu tashqi muhit bilan doimiy tanli aloqadaligini
o’zining hayot kechirishli, ongli reaksiyalari bilan bildirib qo’yadi.
Ikkalasi, yashash ham va hayot kechirish ham o’ylov orqali mos ravishda qabul
qiluvchi va chiqaruvchi jarayonlar bo’lgani uchun insonning tabiat bilan
uyg’unligida yoki izchil ta’sirlashuvida, shu ikkovlarini bir-birlaridan
ajratib olish juda murakkabdir. Hayot kechirish yoki ong bilan qiladigan
endigi, yangicha ishlaringiz hoziroqdan shundoqqina orqada yoki o’tmishda qolib
darrov Yashashning o’zi sanaladi. Shu yaqin va uzoq o’tmishdagi barcha aralash
tushunchalar yoki tuyg’ular yashash sifatida mening o’zim endigi davom
etayotgan hoziroqqa ta’sir o’tqazish orqali yashab boraveraman deydiganday
bo’ladi. Chetdan yoki tabiat hayotning borish tarzidan qaraganda inson
haqiqatan ham uzun davomiy o’tmishidan hoziroqqa aynan Yashash, faqatgina
anchadan beri tuyg’ularini ushlab kelayotgan tananing bosimi sababli
ta’sirlashayapti yoki muomalada bo’lmoqda. Lekin aslida hoziroqdan kelajakdagi
xulosalarimizga o’tayotganda katta qayta ishlov, almashinish bosimi mavjud. Bu
– o’ylovda amalga oshirilgani uchun va o’ylovni yo’qday hisoblaganimiz sababli
yashashning o’zi keyingi darajadagi hayotga, hoziroqqa insonini ishlatayapti
deydiganga o’xshaydi. Aslida hoziroqda o’ylov sababli tushuncha sifatidagi Yashash
(yashashning o’zi), ong sifatidagi Hayot kechirishdan (hayot kechirishning
o’zidan) ajratilgan bo’ladi. Yashash so’zining sanskritchasi ya-shu-aj
yo’qlashuvli qorishuvidan, o’xshash aylanmasidan topilsa bo’ladi. Ya-shu-aj
degani “men shu allaqachon” tarjimasida doimiy allaqachonlikni, insonning (yoki
payg’ambarning) istalgan, palapartish ravishda o’tmish paytidan ortda qolgan
xulosalarini yoki tuyg’ularini yig’ib hoziroqqacha yetaklaverishdan iboratligini
bildiradi. Shuni Yashash deydilar, insonga qabul qilingan barcha jarayonlar,
sezgilar Yashashidagi yoki yashashining o’zidagi shu insonning yolg’ondan
yaratilib boshqalarni aldaydigan adashi ko’rinishida va asl bu insonning
(egasining) tanasining hajmida yoki qobig’ida mustahkamlanib tanasidan
chiqmaydigan, tashqi aloqa qilmaydigan qilib qo’yilgan. Barcha avtomatik
ma’lumotlar, tuyg’ular yopiq holda xuddi elektr tokchaga o’xshab tananing
qotgan tik holatida aylanib, bo’yi-basti uzra vertikal borib-kelib yotganga
o’xshaydi. Xuddi insonning teri yoki umuman barcha, eshitish va ko’rish asab
retseptorlarining o’zidir. Bu asab retseptorlar yoki yashashning o’zi “men
hayot yoki tabiat muhit bilan bittaman, ta’sirlashuvni o’zim amalga oshiraman”,
deb o’zini hisoblayolmaydi. Faqatgina quruq insonning o’zidagi, ichki yoki
avtomat asablarili hisob-kitobi, bu – har yoqada, zamonda yoki hoziroqning
o’tib boraverishida o’tmishda qolib yo’qlashgan yoki yo’qlashuvdagi, mavjudmas
hisoblanadi. Hayot kechiruviga kelsak,
hoziroqdagi hayotiy jarayonlarni olib, ir-ir qilib qanday tez-tez bir
pasda qanday ushlaganimizni bilmay, yana birma-bir o’z joyida kechib, voz kechib o’tamiz. Shunchalik
ozginagina fursatda barcha hayot kechiruv ishlarini qilib olishga izn berilgan.
Yashashning o’zida esa esdan yoki xotiradan istalgancha uzoq davrli yashab
o’tagan kishilik bosimini ko’ramiz. Yashashdagilarni yoki jonning o’zidan
iborat adashlarni (insonning yolg’on elektron nusxalarini) kishi deyish
aniqroqqa o’xshaydi, chunki ular doimo kish-kishlanib, gij-gijlanib yoki
jigi-jigilanib hayotga ta’sir qilishga tananing ichidan yoki hajmli yuzasidan
asabli tuyg’ular orqali elastik yoki ovallashib talpinmoqchi bo’lganlarida tana
baribir ularning intilishlarini chippakka chiqarib ushlab qolaveradi. Hayot
kechirishda o’ylov orqali qayta ishlovdan o’tgan Yashash yoki tuyg’ular o’zining
yo’qligini hoziroqdagi Hayot kechirish tarafidagi shu o’ylovdan boshlab uzilib
chetlashgan, shuur tekisligida tasodifiy noma’lum nuqta yoki holat tanlanganligi
tomonidan sezdiriladi. Shu tasodifiy, o’zboshimchalik bilan, kutilmagan tanlov
yoki tanlangan nuqta (holat) o’zi uchun ajratilgan, o’ylovdan olinadigan
yangicha tahlilari bilan hoziroqning qisqa-qisqa davrlarida, kechiruvida tashqi
tabiiy sharoitlar bilan ta’sirlashishning, harakatlanib joyni ko’rsatishning,
davomiyligi Hayot kechirish (oddiygina, hayot kechirish) deb ataladi. Bu –
shundoqqina qimirlaydigan, gapiradigan va ko’zni uzib qaraydigan kichik-kichik
vaqt oraliqchalari uchun rejachalar bo’lishi mumkin. Shunga katta yoki uzoq
rejalar va shularning amallari ham kirib ketadi, chunki baribir bularni
kelajakda bajaramiz. Faqatgina, shu uzoq rejalarga amal qilishni kerakli joyda
vaqti-vaqti bilan eslab yurish kifoya sanaladi. Yashashning o’zida doimiy eslab
yurishlar amalga oshiriladi, Hayot kechirishda esa kerakli narsalarni eslashga
qodir bo’lib xotiraga keltirish muhim xolos. Ichimdagilar va joninmning yoki
yashashimning o’zi menga doimo qachon nima muammo amalga oshirilmay xotirada
qolib ketgan bo’lsa, barchasini o’zimga hoziroqda bildirib, hallab qo’yishga
urinishadi. Aynan shu anomaliya yoki normadan chetga chiqishni men tadqiq etib
hayron qolganim-qolgan. “Qanday qilib umumiy bog’lanish hosil qilmaydigan tasodifiy
o’tmish voqealari bir-birini yuklab, tushuntirib ma’noli yoki o’xshashli
aloqani keltirib chiqaraveradi?”, degan savol ostida umrguzaronlik
qilayapmanmen. Zero aslida men uchun hammasi oydek ravshanki, bu – dunyomizni quyi
dunyo tomonidan skanerlash, prayeksiyalash yoki nusxasini yasash deyiladi.
Faqatgina bizlar ular bo’yicha ham hayot kechirib bormoqdamiz. Shu dunyolarning
bir-biriga o’tib qolishini Yashashimning xotirasi va Hayot kechirishimning
rejalari bir-birlariga eng asosiy ikkala dunyoviy taraflama mavjud va mavjudmas
sifatida tushuntirib qo’yishmoqda. Ikkala dunyo uchun faqatgina insonning o’zi
va ikkinchi nusxasi mutloq bor-yo’q qilib ajratilgan xolos. Qolgan barcha
dunyoviy jarayonlar shu olamlarning bir-biriga borligini bildirmasdan
biri-ikkinchisi bilan almashinib, aralashib yotishibdi. Mening o’zim Hayot
kechirish sanalaman, ikkinchi nusxam yoki tirik jonli u quyi dunyo o’xshash vakilim
esa mendagi Yashashni amalga oshirmoqda. Ba’zida mening ichki yoki Yashashimdan
turib formulam, avtomatlashuvim o’zgarmay qolsa, Yashash sifatidagi tirik
jonlili inson nusxam o’zimning tanamni yoki Hayot kechirishimni hoziroqda
ishlataverishi mumkin sanaladi. Shunda “harakatlaringni, gaplaringni va
qarashlaringni, umuman ishlaringni men boshqarayapman” deydi. Haqiqatan ham men
tanamni har taraflama boshqarishimga e’tibor berib yotmaganman hech. Ba’zida qo’limni
yoki oyoqlarimni, yurishimni (qarashlarim va gaplarimni) ichki qaysidir
istagimga ko’ra deb topib, e’tibor ostida kerakli tashqi muhit bilan aloqaga jo’natib
qo’yishim mumkin. Masalan, birdan kompyuter sichqonchasini ushlab qo’yaman,
lekin asl e’tiborim, qilmoqchi bo’lgan ishim klaviaturada yozish bilan
ovoraligimda deylik. Ba’zida esa ko’zlarim bilan kimlagadir qarab olganimga
hayron qoladigan paytlarim bo’ladi, so’ngra shu zahotiyoq buning mantig’ini o’ylasam
agar, Yashashimda o’tmishda bo’lib o’tgan voqealarga borib taqalmoqda. Shu mantiqni
o’ylash orqali men buning teskarisi o’laroq men ongimdagi, Hayot
kechirishimdagi holat yuzasidan tushunchamga yoki Yashashimga boqaman.
Gapirishlarim-ku asti qo’yavering, ichimdagilar tomonidan “men chiqaraman”
degan yoki tabiridagi doimiy qistovda, bosimda bo’lishadi.
Comments
Post a Comment