uzbek language siteenglish language site

Got ni qayta hisoblashdagi qing'irchilik

 


16-kun. Bugun nisbiylik 7. Men nega har doim nisbiylik deyman, chunki aslida o’zim birinchi navbatda qotgan, qimirlamas tana sanalaman. Nisbiylik bo’lsa, mening birinchi yashash ishim sanaladi. Men nisbiylikdan foydalanib o’zimni yolg’ondakam qimirlayotganday, harakatlanayotganday his etaman. Men nisbiylik qonuni yoki nazariyasidan foydalanaman xolos. Aslida hali ham qotgan, harakatsiz bo’lib qolaveraman. Bu nisbiylik raqamini aytib o’zimning ishlashimning boshlanishini ta’minlagan bo’laman. Endi 7-kunmi, demak, bola balog’atga yetibdi. Aniqrog’I men bilan tortishishni boshlayapti. Bolakay Ibrohim mening ichimda turib, haqqoniy xavfsiz o’sishi uchun mendan foydalanib bo’lsa ham, baribir menga xiyonat qilmoqda. Bo’lmasa, kechagina yozgandim, men shu paytgacha insonlarni yaqin oraliq kelajakdagi ishlarini oldindan ma’lum qilib, qottirib yoki zapis qilib kelganman, deb. Endi bo’lsa, ichimdagi o’lik nusxamning, jonimning qichig’molligi, dardisarligi ortibmi, Ibrohim meni kelajak oraliqlarimni oldindan ma’lum qilgan holda qottirib shu kelajak oralig’iga kiritmoqda. Va ichimdagi o’lik nusxamning, jonimning mening tanamdan foydalanib bor-yo’qlik o’yinini qilishga qo’yib bermoqda. Men oldin aytib (yozib) o’tgandim, shuki, jonimda joylashgan o’lik nusxam hech qachon mening yuqorigi dunyoyimda bor yoki mavjud deb topilmagan. Nafaqat bu – o’lik nusxamga tegishli, balki uning ko’makdosh hamrohlari bo’lmish elektron quyi olamdagi boshqa ko’plab tirik jonlar qanchalik o’lik nusxamni qo’llab quvvatlashmasin yoki jonimni masxaralamasinlar, ular ham ular vositasidagi shu o’lik nusxam ham mening dunyomda yo’q hisoblanishadi. Shu paytgacha va hozir menga bo’layotgan asab buzarliklar, jon buzarliklar yoki o’lik nusxamning qiynalishlarini men ham sezishga majburligim bu – faqatgina shu o’lik nusxamga atalgan xolos. Mana hozir ham qandaydir jonli og’riqli bosim meni ushlab turibdi. Shuning mening o’zimga yoki men yashayotgan dunyoga umuman aloqasi yo’qdir. Shuning uchun ham tabiblar, shifokorlar yoki psixoterapevtlar mendagi devonalik kasalligini ichimdagilar uyushtirayaptilar desam, “ular yo’qku, ular aslida yo’q”, deb javob berishadi. Mana hozir ham ularning o’rnini joyiga qo’y deb berishadi so’zini berishadilar, hurmat ma’nosidagi so’z bilan ajratib yoz deyishayaptilar ichimdagilar. Shunday mening hayotimga aralashuvlari benihoyat ko’p, ba’zi paytlarda har daqiqada, yarim daqiqada yoki soniyalar hisobida aralashib turishadi. Men qanday qilib o’zimning hayotimni ko’rib turgan ichimdagi, jonimdagi yoki asab tolalarimdagi, miya neyronlarimdagi bu shaxslarni yo’q deyishim mumkin? (Mana hozir endi, uf, so’roqni qo’yishimni meni kamsitish nazarida yoki ichki bosimida bildirib qo’yishdi). Ular bemalol menga ta’sir etib hayotimni boshqarishlari yoki o’zgartirishlari mumkin. Lekin nima jin ursunkim, yuqori va quyi dunyolar deyapmizki, hali shundagi yakka shaxslar aniq ajralib yoki alohida turishadi degan borlik va yo’qlik, dalil bilan yashaymiz. Nima deyishga ham hayronman, tilim ojiz. Bilmadim, ichimdagilar qanday qilib menga tekkizib gapirishadi, buyurishadi, xuddiki meni bilganday, shaxsiyatimni yaratayotganday holi-jonimga qo’yishmaydi. Balki shuning sababi bu – jonimning yoki shaxsiyatimning asl egasi o’lik nusxamligini, uning menga o’xshashligini yoki bizlar qiyofadosh ko’rinishdaligimizni ro’kach qilayaptilarmikin? U o’lik nusxam bilan bitta, ammo teskari taraflama yashashimizdan, meni shunchalik darajada bilganday qiynayaptilarki, o’lik nusxamga esa shu qiynoq sifatida jon yoki huzurbag’shlik ato etayaptilar. Ishqilib o’lik nusxamning sheriklari bo’lmish boshqa ko’pchilikning va hozir esa xudoning shu ondagi iflos kulishli ongli nazari, mening ongimni joyidan itarib chiqarayotganga o’xshaydi. O’ylovni yoki jonni “yo’q” deb bilganimiz uchun yoki isbotlayolmaganimiz uchun baribir quyi dunyoning va mening o’lik nusxamning ishlarini ham inkor etamiz yoki “yo’q” deymiz. Jon bu – tanadagi asab to’qimalarining neyronlarining miyaga borib miyaning neyronlari orqali sezilishi. Neyronlari bu - elektronlar misoli yoki deganidir. Elektronlar yoki neyronlar massaga ega emas zaryadlangan zarracha sifatida qaraladi. Shuning uchun jonning bizning jismli, moddali yoki massali dunyomizdagi o’rni umuman yo’q sanaladi. Elektronlardan hozirgi zamonamizda texnikaning va texnalogiyaning taraqqiyotida, boshqaruvda keng foydalanamiz. Lekin bu – boshqarish yoki harakatlantirish xususiyatlariga ega xolos. Lekin biz texnikalarimizni yoki tanamizni oddiy elektron yoki jonli boshqarishlarning o’zidan ajrataolamiz. Biz uchun elektronlar yoki jonimiz yo’q holda bizni boshqarishi yoki harakatlantirishi zarur. Biz, tanamiz egalari o’zimizni o’zimizning harakatlarimizda yagona yoki yakdil deya hisoblashimiz kerak. Lekin nega menga bunday nosozlik, jonimning har xil ichki ovozli yoki sovuq yuzli boshqaruvlari bo’layotganiga hamma hayron. Qachon e’tibor qaratmayin, asosan o’g’lim Ibrohimga yaxshi bo’lishi uchun menga ichki yoki asabli, o’ylovli buyruqlar, sovuq boshqaruvlarni berib turishadi. Shundan hech qutulaolmayapman. Men baribir shuni aniq bilamanki, ichimdagi yovuz kimsalarning mening tanam yoki o’zim bilan ishlari yo’q sanaladi. Chunki tanamni yoki atrof-borlig’imdagi narsalarni o’zgartirishlaridan naf yo’q, ular o’zlarini jismli yoki massali olamda “yo’q” deb sezishadi. Ularning qilgan qiliqlari aslida bizning yakdil yoki o’zimizni yagona sezuvchi massali harakatlarimizni o’tmishga muhrlab yozib qo’yish. Shuning uchun ular ichimdagilar, ichimdan asabimga o’ynovchilar yoki jonimdagilar (ruhiyatimdagilar) butkul Bo’lgan yoki “Gotli”, taqdirgacha kelajagi oldindan ma’lum harakatlarimizni yozib qo’yish uchun kerakli elektron formulalarni ishlab chiqaraverishadi. Toki shu formulalar yagona formulani topib yetkazmaguncha. Aslida shu jonli yoki elektron formula bizning yagonaligimiz yoki yakdilligimiz, o’zimiz uchun bittaligimiz bo’lib kelgan. Lekin dilimizning yoki yakdilligimizning shu yagona elektron formulasi azaldan, tug’ilganimizdan berilishiga qaramasdan, ichimdagilarga noma’lum sanalgani uchun ular jonimga har qayerda suqilib kirishib bu formula bilan birga ketib borib to’g’ri keladigan matematik formulani topishmoqchilar. Bizga jon azaldan berilgan, ular o’zlashtirmoqchilar shuni. Shuning uchun ichimdagilar meni jonli azobga tutsalarda, aslida meni umuman bilishmayaptilar. Men qolayotganim yoki mag’lub bo’layotganim uchun kuyunib ularga o’zimni sharmandaga qo’ymasligim kerak, chunki bu ortiqcha. O’zimni uyat yoki sharmandaman deb hisoblasam, bekordan bekorga yana shunday tuyg’ularga ko’milib ketaveraman. Ular ichingga kirib olib ham yana seni qiynashayotgan bo’lsalar, sen baribir or qilib o’zingni ulardan uyalayotganday his etasan kishi. Bu - xatolik bo’lgani uchun shuni qanchalik darajada tez tushunsam va bekorga ovoragarchiligimni bartaraf etsam, sharmandalikdan ozor chekish ham bilan birga ularning formula izlayverish orqali berayotgan jonli ichki azoblariga chek qo’ygan bo’laman. Ularning qanday bo’lmasin ichki undovlariga, yuklamalariga yoki buyruqbozliklariga ikki qo’limni bo’sh qo’yib o’zimning boshqa ishlarimni qilib boraverishim kerak. Kerak bo’lsa, ularning aytganlariga yoki buyruqlariga teskari ishni shu o’rindayoq qilib o’zimning yakdilligimni sezishga erishishga urunishim kerak. Ular faqatgina o’zlariga o’zlari, aniqrog’i jonlariga jonlarini yoki elektronlariga elektronlarini teskari qilib, aralashtirib yurishaveradi.

P.S. Tush dunyosida noma’lum tarzda uyushtirilib yo’qdan-bor ravishda juda kam o’zgarish bilan birdan yo’lga qo’yilayotgan yagona voqea-hodisa ichida juda ko’p insonlar g’oyibdan paydo bo’lishadi. Ongli dunyoda esa juda kam paydo bo’lib keladigan insonlarga juda ko’p sonli yaxlit o’zgaruvchan voqea-hodisalar paydo qilib qo’yilaveradi.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?