Sinovli shama ostida naql yotibdi
64. Men doimo dolzarblikda yashayapman. Dolzarblik shundan iboratki, koinot toshlari avvaliga yagona ulkan zarrracha bo’lganiday butun dunyoviy holatlar yoki narsalar yaqin borliq-atrofda, ekranning ortida bilinib yoki ko’rinib turgan alohida-alohida kam sonli narsalar bo’lib qoladi. Shu kam sonli narsalar ham zarb yoki kuch bilan manoning, ichki anglashilishning deyarli bilinmas sezgisi orqali atrof-borliqda tubdan yoki asosan, o’zining jismliligi bo’yicha qayta joylashtirilib o’zgartiriladi. Vaqtning bu holda ahamiyati yo’q sanaladi. Vaqtning davomiyligi ham isbot, dalilni berib turaolmaydi. Zero jism yoki materiya faktori, omili vaqt faktoridan oldinda hammasidan birinchi eng sehrli yoki sirli asos sanaladi. Dolzarblikda qo’g’irchoq o’zining yasaladigan moddasi bo’yicha aralashtirib qorishtirilgan va har bir shu qorishmaning zarrachalari boshqalarini yeydigan, o’ziga birlashtiradigan holda tartibga solingan sanaladi. Dunyoning borlik manosi ham atrof-borliqdagi obyektlarga shunday kirgizilib umumlashtirilgan. Dolzarblik so’zidagi zarb bo’g’ini bilan shu umumlashuv sezgilarning o’zlarini aylanaviy qayta sezgan holda o’tayotgan vaqtga bildirmay obyektlari bo’yicha mutlaq qayta joylashtirilgan holda zamonning yoki oniy davrchaning o’zi bo’lib, shu oniy davrchani ilgarilanma yasaydi. Dolzarblikda vaqtni ham obyektlarni ham yasash hech gap emas. Ular, vaqt ham ob’yektlar ham yo’qdan-bor yoki o’z-o’zidan bo’lib yasaladi, tuziladi. “Bilagi bor birni yiqar, bilimi bor mingni yiqar” deydi dono o’zbek xalqimiz. Endi, aslida dunyoda hech bir narsa yo’q sanaladi. Yer kurrasida o’tgan farishtalar dunyosigacha bo’lgan barcha olamlarimizning oxirgi hayot shakli, bizlar uchun bo’lgan so’zlar shamollarday izg’ib yuribdilar. Bizlar insoniyat oxirgi hayot shakli, dunyo sifatida oldingi olamlarimiz yoki jahonlarimiz, umrlarimiz bilan birlashgan holda shu so’zlarni keyingi bosqichga olib chiqamiz. Go’yoki so’zlar, gaplar bu – bizning dunyomizning so’nggidagi eng kuchli holatimiz. Ichimdagi ahmoq zotlar, psixopat insonlar yoki devonalar o’zlari kukun zarrachalari bo’lib turib ularni yig’ib yuqoridan ushlab turgan o’zimning ramkaligimga, ularni ramkaga solaolishimga uchadilar yoki sakraydilar. Kukun qoldig’i yoki yagona zarrasidan mengacha uchib yetib kelib o’zimning ustunligim, kuchim bilan o’zimga zo’rlik yoki kattakonlik qilib gapirib ketadilar. Bu – ularning haqiqatan devona, jinnichaliklari. Shuncha dunyolar bo’ylab yashab, umr kechirib to’plab kelgan ustunligimni yoki obro’yimni o’zimga qarshi ishlatib o’zimdan ham zo’r bo’lishlik lazzatini bir bor totish orqali shu holni boshqalarga oldindan bildirib qo’yib maqtanish uchun, o’zlarini haqiqatan zo’r deyish uchun o’zimga aql o’rgatib, buyruq berib ketadilar. Lekin shu bilan tamom, ular devonaliklarini qolgan hayot yo’llaridagi jinnivozlikka ulash orqali yana orqaga o’z o’rinlariga kukun qoldig’i bo’lib cho’kib ketaveradilar. Hech kimning ularning kimligi bilan aslida ishi bo’lmaydi. Mana hozir shu o’rinda “mening kimligim bilan o’ynashayapsan” degan ovoz ichimdan ichimga yoki yolg’iz o’zimga chiqdi. Yana bitta devonani uzdim, jinni qildim sanalaman men. Shunday ovozlarni, ichimdagi buyruqlarni ular farishtalarning bitta oldingi dunyo bo’yicha orqada qoloqligiga ko’ra dunyoda shamolday kezib yurgan so’zlardan topib chiqarishadi. Shu degani ular, devonalar ham qoloqlikka, mag’lubiyatga duchor bo’lishmoqda. Shuncha qalamalardan buncha teshiklar yasamoqda degani bu. Menda sezilib turgan bu qoloqlar, mag’lublar keyingi robotli dunyomizda kuchsiz jins vakilllari bo’lib yurishadi. Endi, menda ishonch va aql o’yinlari bo’lib o’tmoqda. Ishonchimga aqlning bir qilchasi yoki yo’nalishchasi kirib qolib to’liq ishonchimni chamalaydi va o’zi bo’yicha xohlangan, qilinadigan ishni ishonch ortiga yo’qotib yuboradi. Ishonch ortiga yo’qotilgan bir aqlning shu ishini, buning oniy davrchasini kelajak zahirasi yoki massasi uchun yanada o’tib borayotgan vaqt egallagan holda shu lahzaning o’rnini bosib to’ldirgan holda o’tmish bilan bog’lanadi. Aql ishi yoki yo’lakchasi esa qanday vazifa kasb etmagan bo’lsin ko’zdan va sezgilardan g’oyib bo’ladi. Bu – dolzarblikning qanday qilib bildirmasdan o’zgarishlarining sekinlik bilan birma-bir tushuntirilaborishi. Ichimdagilar “qara, yana qanday sinov bor” deyishayapti. Shuning uchun buni haqiqatan ham sinov, xudoning sinovi yoki o’zimning sinovim deydilar. Endi, aslida qayta-qayta qiladigan ishlar ham, cheksizlikka intiladigan vazifalar ham yo’q sanaladi. Barchasi aylanaviy ramkaga olingan tizimdagi ramzlardir. Sinov yoki sinash nimadir qayta bo’lmasligi yoki qaytarilmasligi uchun kiritilgan. Sinish yoki olib tashlanadigan joyga bilmasdan tushish hayotdagi cheklangan holatlarning, inson tanasining a’zolarining boshqa holatlar bilan to’qnashmasdan yoki qarshiliksiz o’zi yakka holda ishlatilsin degani. Hattoki nisbiylikni ham bu holdan olib tashlaymiz. Bu degani yakka salangan holatlar, insonning oyoqlari yoki qo’llari, badani o’z vazifasini harakatsiz, shundoqqini borligiga shama qilinishi orqaligini o’tagan hisoblanishi kerak. Holatlar xuddiki fazoda bir-birlari bo’lishlariga qaramasdan, nisbiyliksiz uchib yurishlari sababli harakatning manosi turg’unlikda yoki qotib turishning o’zida deb topiladiganday bo’lishlari kerak. Shuning uchun sinov ishlatiladi. “Bormi-bor, ortiqcha harakat qilma” degan shior ostida.
Comments
Post a Comment