uzbek language siteenglish language site

Men va atrof-olam

 

58. Xudo tosh, modda yoki jism, insonning quruq hujayraviy tanasi bo’lmoqda. Albatta, vaqt toshsiz mavjud emas yoki jismdan keyingi o’rinda turadi deb yozgan edim. Vaqt bu – xotira bo’lmaganda yoki to’liq ishlamaganda toshning harakatini izohlash uchun o’tmish, kelajak va hoziroq sifatida ishlab chiqarilgan uydirma xolosdir. Agar xotira to’liq ishlaganda edi biz vaqtning mavjudligini tan olmasdik, chunki barcha jismlar ilmu-fan bo’yicha ma’lum tarzda harakatlanib hamma zamonlari oldindan topilgan holda tashqaridan qaralganda yagona es yoki xotira bo’lib qolishardi. Harakatlanishning oxirgi borayotgan nuqtasi sifatida hoziroq degan tushuncha ham yo’q aslida. Ilmu-fan uchun toshning, modda yoki materiyaning harakati to’liq aniq bo’ldimi, bu – ichida vaqti yo’q kichkinagina ma’lum qotgan zarrachaday qaraladi. Butun koinotdagi toshlar, materiyalar yoki sayyoralar (yulduzlar) o’zining 3 o’lchamida qisilgan yoki juda kichik bo’lib qolgan holda vaqtsiz holda maydagina qilib tashqaridan kuzatilgan ravishda o’rganilgan obyekt yoki holat sifatida qaralmog’i kerak. Bizlar xotiramizni to’liq o’rganaolmaganimiz yoki zehn etaolmaganimiz, bilib turaolmaganimiz uchun vaqtning yoki shu zarrachaday kichik obyektning hozirog’i deb topiladigan mayda davr yoki intervalcha ichida vaqtning o’tishida yashab yuribmiz. Shu davrchada vaqtning o’tishiga nisbatan dunyo rivojlanishi sal oldinga chiqib ketgandur yoki insonlar allaqachon harakatlanib o’z ishlarini qilib bo’lishgandurlar. Shuning uchun xotiraning yoki nafning o’tayotgan vaqtida ishlayolishi bilanoq bu davrchaning har xil paytlaridagi voqealarga vaqtda sakratilib yoki voqea-hodislarni orqa-oldinga surish orqali o’tayotgan vaqtga moslab duch kelish mumkin bo’ladi. Shuning uchun mana hozir ichimdagilar ham takidlashmoqdalarki, men vaqt yoki hoziroq davrida yashayapman. Bu – quruq vaqtning o’tish onlari yoki boshlaniboq yakunlanib ketaveradigan hoziroq emasdir. Mening xotiram yaqin o’tmishdan ko’ra uzoq hayot tariximni yod olishga asoslanib qolgan. Qanchalik ko’p uzoq hayotiy tariximni yod olishga urinishlarim to’g’ri chiqsa, shunchalik ko’p hoziroq davri kattalashadi. Agar yaqin o’tmishim bilan yuraversam, hammasi yoki voqea-hodisalar asl hoziroqning o’tib borishida tasodifiyday chiqaveradi. Hoziroq davrida, intervalida esa barchasi ishonchimga yoki ichkaridagi manalogimga nisbatan javoban yoki manoli ravishda kelajakcha, o’tmishchadan darrov duchor keltiriladi. Eng qizig’i shundakim, xotira yaxshi, to’liq ishlamasligi boisidan vaqt omili paydo bo’lishi barobarida shu vaqt, zamon materiya yoki tana uchun ilmu-fanda bo’lmagan yolg’on ishlarni qilib chiqishga qodir sanaladi. Atrofimdagilarning, yonimda kelib bo’ladigan insonlarning yoki yaqinimdagi voqealarning barchasi yolg’on aralash sarob, illyuziya yoki qalbaki nayrang sanalishadi. Bu – vaqtning o’yini, ishi. Vaqt butun dunyodagi haqiqiy insonlarning harakatlari yoki qilayotgan ishlarini menga to’qnash keladigan odamlarga vazifaviy qilib yuklab yuboradi. Aslida menga to’qnash kelayotgan inson o’z holicha, o’z yerida o’z ishini yoki mashg’ulotini qilib turgandur. Lekin vaqtning yolg’oni yoki qalbaki nayrangi bois haqiqiy insonning barcha sifatlari, vazni va xarakterlari shu zahotiyoq olinib dunyodagi kimningdir hoziroqda qilayotgan ishiga bog’lanib ketgan holda sifatlari olinayotgan shu haqiqiy inson ko’rinishida soxta odam menga yuzlantiriladi. Bunday holat yakka mening huzurimda bo’layapti desam mubolag’a bo’lmasdur. Shu paytgacha buni menga vaqt sifatida xudo uyushtirib kelardi. Endi bo’lsa, xudo o’rniga o’zim o’tayapman, alloh bo’lsa, mening tanali ishlarimni olib borayapti. Xudo o’rnida yoki bo’laborib men atrofimdan mening tanamdagi shu eski bo’layotgan xudoga yolg’on voqealar ko’rinishidagi qalbaki nayranglarni bildirib borayapman. Ammo xudo esa mening tanamga kirib o’zining qiliqlarini ko’rsatmasdan ketmayapti ham. Hatto shu yerda, tanamda ham menga qiyin bo’lsin deya ish olib borayapti. Tanamni yoki har bir qimirlashimni, ko’z qarashlarimni chizayotganday kerakli deb hisoblagan joylariga qo’qqisdan harakatlantiradi. Albatta, xudo almashinishning to’liq kuchi amalda sinalmaydi degan yo’ldan bormoqda. Almashinsak ham, sekinlik bilan bir-birimizga kirib boramiz. Hali boshqamizdan o’zining ko’p qismini, bir-birovimiz qiynoqqa solsak bo’laveradi deb hisoblaydi. Almashinishga yoki farishtalarga, 5 ga xiyonat qilishni orzu qiladi. Lekin shunisi ayonki, xudo buni bilmay kelgan bo’lsada, jon og’rig’i so’zsiz o’zini asrashni so’raydi. Xudo tanamning shakllanib borayotgan egasi sifatida mening xudo vazifasidaligimda bo’sh qoldirib o’zim alloh bo’lgan joylarimni aniqlab, shu o’rinda meni tanamda ushlab og’riq bermoqchi bo’ladi. Xudo sifatida men atrof doiramdan, tevarak imkoniyatlarimdan yolg’onchilikni uyushtirish uchun shu doiraning markazidan doira bo’ylab taralayotganda tevarak imkoniyatlaridan kelayotgan oldingi yolg’onim o’zimdan uzulib qoladi. Natijada keyingi yolg’on doirani yaratib markazdagi xudodagi tanamga yo’naltirayotganimda uzulish hisobga olinadi. Xuddiki yolg’on doiralar qayerdan yasalib kelayotgani noma’lum, anlashilmagan bo’lib qoladi. Shu yolg’on doiralar dunyo haqiqati bilan birlashgan deyiladi, zero imkoniyatlar chegarasi barcha isbotlanadigan dalillarga chap berib kelayapti. Shuning uchun yolg’on doiralar alohida-alohida, o’zaro uzilganlar ham sanaladi. Yozmasimdan turib men planshetimdagi Boom Beach o’yini nega doimo boshlanishida ikki marotaba yuklanishga qaytishi kerakligining sababini shu deb bilardim. Nega 8 gb deb topilayotgan planshetimning atigi 5 gigabayti joy sifatida ishlatilishi mumkinligi ham bunga bog’liq. Yana nega kompyuterlarim, planshetlarim oddiy jarayonlar uchun qotib-qotib ishlashi ham bu sabablidir. Oddiygina o’ng menyudan yangilanishni bosib desktopni yangilash uchun menyuni bir oz kutib turib ochadi. Planshetda oynalarni o’tkazishga qiynaladi. Bo’lmasa-ku, kompyuterim qimmatbaho, i3 protsessorli. Xuddiki men hayotga ehtiroslarim bilan boqayotganimdan tortib qayta hayotdan, borliq-tabiatdan shu ehtiroslarimning masalasi hal qilinib kelish jarayoni bu. Esnamni nimadir chulg’ab, qovushtirib oladi va kompyuterlar qotib qolayotganidan so’ng qaytib ko’nglim uchun ishlab ketadi. Go’yoki kompyuter, planshetlarimga shashtimni aytayotgandayman. Kompyuter, planshetlarim qotayotgan mahali buyruq bermaydigan, chetki yoki keraksiz joylarini bossam, tezroq yana birdan ishlab ketadi. Xuddiki o’zimning tanamdan turib kompyuter ekranining ko’rinib turgan yonlariga, chetlariga yoki atroflariga xudoligimni berib yuborayapman. Xudoligim doiraning yasalish chegarasida tursa, hammasi silliq o’tadi.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?