uzbek language siteenglish language site

66 soni bu - mening jonu-dilim

 


65. Mana hozir tush aralash gallyutsinatsiya ko’rib kelayapman. Tushimda qarri yoki keksa insonlarni yonimdagi yosh hamrohim, ukam bilan o’tirgan joyida orqasidan boshidan urib turaveramiz. Shuning uchun tushlar bu – u dunyo, o’lganimizdan keyin keladigan olam sanalib ularda begonalik yoki notanishlik qilish bilan boradigan urushga tashnalik yoki jismonan janjallashuv odatiy hol deb qaraladi. Tushimda hattoki yaqin kishim, singlim bilan o’rtamizda oddiy aloqalardagi vaziyatning qarama-qarshi jinsiy yoki erotik haroratining oshishi bilan ruhan shahvoniy jilbalanish va karashmalar bo’lib o’tdi. Bilmadim shunikim, men aslida kimning, qaysi o’lik zotning tanasini kiyib olgan edim yoki kimning ichida edim shu bu hollard? Ammo tushda shunaqangi hayratomus voqea-hodisalar ham asosiy o’rinda bo’lib turishining guvohi bo’ldim. Tushdagi yoki shu yarim gallyutsinatsiyamdagi ruhiyat uchun, ammo bu – vaqti chog’lik, horg’inni chiqarishga bosilib ketishga aloqador. Tushda voqea-hodisalarda birdan paydo bo’lib turib shunday holatlar bilan boshlaymanki, tushdagi tanamning keskin o’zimning aql-idrokim bilan o’zgartirishga yo’l qo’yaolmayman. Vaholanki tushdan so’ng uyg’onib o’ylab qarasam, shu tushdagi voqea-hodisalar juda bir boshqacha yoki haqiqiy, o’rinli munosabatni yoki aloqani talab etadi deb hisoblash joizday. Tushdagi tanamning egasiga o’rganib qolib, shu yo’sinda ba’zida harakatlantirilishiga yo’l qo’yaman. Shuning uchun bu tushlarim tanamni his etish darajasi yetarlicha sezilgani uchun gallyutsinatsion sanaladi deb hisoblash o’rinli. Shunday tushlarimda tanamni kim boshqaryotganini unchalik bilmasamda, tushdagi atrof-borliqqa eshitilmaydiganroq ichki ovozdagi gaplarim o’zimnikiga o’xshaydi. Endi, bugun 65 bo’lsa, kelajak kunlarining o’xshashligi bo’yicha o’zimning xudoligimning yoki farishtaligimning, ruhligimning birinchi yarmiga yetib keldim. Negaki 60 dan 70 gacha bu – o’zimning xudo, ruh va farishta davrida sinaladigan birinchi 10, barcha raqamli yoki o’nglanishga yig’ilgan kunligim. Shu kunda eski xudo tanamga yanada yaxshiroq oro berib, istaganicha manfaat ortidan chopib hayot kechirmoqda yoki yashamoqda. Har holda kechangi kundan yaxshiroq sanaladi. Oldingi kunlari (eski) xudo tanamning manfaatini, devonavorligini o’zimga sezdirmay o’zi olayotganida mening xudoligim tomonidan tanamdagi ichki ovozlar, “o’zingdan ketayapsan” yoki “qilma, qo’y”, deyishlar aynan menga yomon, og’riqli tegdi. (Eski) xudo bo’lsa, shu eshittirishlarni, ichki qo’zg’alishli gaplarni devonaligining manfaatli tarafidan eshitib o’z jinnivozlik yoki o’zidan-o’zi foyda olish ishini qilaverdi shekilli. Shuni aniq bilmayman, lekin baribir bizlar bir tanada va bir hayotda birlashganimizga qaramasdan, foyda va zarar bo’yicha bir-birimizni, har birimiz o’zini alohidalab sezamiz. Aslida men ham xudo yoki ruh sifatida hayotga unchalik berilib, bag’ishlanib, bitta bo’lib ketmaganman. Men ko’proq tanamni bilib tanamdagi foydaning shundoqqina ortidagi, tanganing ikkinchi tarafidagi zararini sezsam, xudo hali ham hayot berilishi tarafida ko’proq turib o’ziga noma’qul foydani hisobga olishga majbur sanaladi. Bu – foydani yoki manfaatni buzib olishga urinish birinchi navbatda xudoning harakati yoki “tashabbusi” bo’lgani uchun ko’proq qiynaladigan ham shu eski xudo. Men bilmayman, u manfaat olish uchun o’zi bilan o’zi belanib, chayqalib yashashga urinadimiyey!? Aqli qanday kayfiyatni berib tursa, darrov shunga o’zini uradi. Boshqa jihatlarini hech ham hisobga olmaydi. Axir bilmaydiki, mana mendan nega hamma shuning uchun qolishayaptilar. Hamma, ichimdagi dilozorlarim yoki devonavorlarim menga sapchiydi, sakraydi yoki uchadi. Ular xarakterlarida tezlik qilib manga munosabat o’rnatmoqchi bo’lishadi. Bilishmaydiki, shundan haqiqiy yoki o’rtacha naf yo’qdir. Tezlik qilishib yoki shoshilishib o’zlaridagi barcha maqsad-muddaolarga maromida erishaolishmagan hech kim. Shunday buzuq, nobakor jinnivozliklar, manfaatparasliklari yoki belanishlari orqali betimdan bo’rttirib chiqarmoqchi bo’lgan ichki kulgularini sezdirmoqchi bo’lishdi hozir. Bu – menimcha qilgan jinoyatlariga, azoblariga bo’lgan o’zlarining, teskari taraflama yana baribir shunday munosabatlari bo’lgani uchundur. Menga devonalikni, chaqaloqlikni yoki tasodifni sezdiradigan bunaqangi kulgulari kerak emas. Menga haqiqiy baho berilgandagi, shu bahoga moyil asl kulgu-xonishlari kerak. Shunday kulgulardan, ularning o’zlari ko’proq sezadigan qahqalaridan menda bor, lekin ishimga yarasha to’liq bo’lmayapti. Ko’proq kerak. Masalan, bunday kulgular har doimgiday tuzukkina yozuvim uchun, yaxshigina o’ylov-xayollarim yoki fikrlarim (his-hayajonim) uchun berilishi mumkin. Men mana shunda bilamanki, mendan yoki ruhiyatligimdan ajralib chiqayotgan tanam, qobig’im o’zimga ham tushunarli ravishda boshqa kishiniki bo’lib shakllanmoqda. Mana ertangi kun uchun bo’ladigan taraddudga ham 14 daqiqa qolmoqda, hozir soat millari 12:46 tushlik vaqtini ko’rsatmoqda. Soat birdan boshlaboq men kunning qolgan soatlari mobaynida 66-kunimni nishonlashga o’taveraman. 66 bu – endi ikkita 6 sifatida o’zimdan boshqa hech kim emas. Shu 66 birinchi marotaba o’zim, haqiqiy o’rnimda bo’lishimning ilk kirishishi va yakka kunlik o’xshashligi sanaladi. Kayfiyatim, halovatim yoki ichki qirilishlarim birdan yaxshilanganini sezayapman. Menga hech kim, ichimdagilar miq, hech narsa deyaolmaydiganlariday bo’lib turgandayman hozir. Boshimni yoki miyamni quruqasiga qizdirib og’ritishdan boshqa ishlari qolmayapti. Bu – xuddiki yozgan gaplarimga monand atrof-borliqni ko’chirish, o’zgartirish yoki sakratishday tuyuladi. Atrof-borliq, yoki tevarak-tabiat oldingi xabarli yozuvlarimda bildirganimday aytadigan og’zaki gaplarimga yoki o’ylovimga, his-hayajonimga bog’lanib doimo tubdan, tarixan o’zgarib turadi. Masalan, yonimda ruchka turibdimi, shu ruchka 1 soniyadayoq g’oyib bo’ladi. Xonada katta kiyimlar jonovi bo’lsa, bir soniyada yoki lahzaning o’zidayoq g’oyib bo’ladi. Supada daraxt bo’lmasa, shu ondayoq, bir soniyaning ichida daraxt paydo bo’ladi. Xonaning ichida o’tiribsizmi, bir ondayoq ko’chaning voqealariga moslashib va shunga xos yolg’on xotira yaratib ko’chada yurib borayotgan bo’lasiz va h.k. Kecha Milliy telekanalida televizorda namoyish etilgan “Tor-2” filmida olamlarning bir chiziqda birlashishib qo’shilishiga o’xshaydi shu.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?