uzbek language siteenglish language site

Mantiq va ma'nodan keyin bu erda ruh yoki tasodif keladi, bu ma'no va mantiq bilan birlashadi, bu haqiqiy tasodifga qarshi bashorat qilish imkoniyatidir.

 44. Mana yetib ham keldik. Bugun men uchun havo to’liq to’yimli nafaslar olguday, shabboda zich va salqin me’yorda esayapti. Bu degani ruh yoki tabiat, va nihoyat o’z jabhasini izlab yetib keldi. Siz bilasizki, aziz o’quvchilarim, men raqamlar vositasidagi dunyoviy belgilarni yozaman asosan. Shuning uchun buni bildirib o’tmasimdan ham belgilarni yoki izohlarni yozib qoldiraveraman. Bugungi kunimiz uchun 44 yoki ikkita 4 ruhni bildirardi, lekin o’zim shuni yozmasimdan ruhni keltirib chiqardim. Men o’ylaymanki, oldingi xabarlarim yoki postlarimda raqamlarning manosi haqida yetarlicha ma’lumot qoldirilgan. Bizlar shunga asosan yo’llanib o’qisak, ne ajab. Raqamlar uchun bo’ladigan yangi misollarni esa o’z o’rnida o’z raqamiga moslab yozib keltiraman. Endi, katta oldindagi yo’limiz haqida aytsam. Kechadan beri ichimdagilar yoki ichkarimdagilar, insu jinslar ham bildirishayaptiki, endi nyuanslar yoki nozik farqlar haqida kamroq gapirib (yozib) berishim kerak emish. Albatta, shuning sababi bordir. Nyuanslar yoki nozik farqlar, sezilar-sezilmas farqlarni men mantiqiy yoshdaligimda bo’lganim uchun aytib kelgan edim. Mantiqan 25dan 30 yoshimgacha mantiqiy yoshim sanaladi. Bugungi sana sanalsa, 31-iyul 2021-yil bilan 1 yil-u 8 oy 30 yoshimdan o’tib hozirda endi mantiqdan, bobolikdan ham ajralaman. 8 oy 1 yilga teng sanalmish 12 oy uchun hisoblanmasada, 10 oyning o’nglanish manosidaligiga 2 oy muddati qolganligini bildirgan holda o’nglanishga yoki 2 yilga yetib olgan deb chiqarsak bemalol bo’laoladi. Ammo 2 raqamli muddat 30 yoshimdan keyin kelishini hisobga olib aytadigan bo’lsam, bu – 30 dan uzulish yoki alohidalashuvni bildiradi. Nima bo’lganda ham 30 dan 35 yoshimgacha aslida ma’no yoki xudo yoshi sanalib kelgan. Shu so’nggi qariyb 2 yil davomida men mano va mantiq almashinuvida barcha nyuanslarni, nozik farqlarni bilishga urinib kelgan edim. Mana endi mantiqdan ajralar bo’lib, so’nggi lahzalardagina shu mantiq so’zining va o’zining amaliy ma’nosini to’g’riroq tushunmoqdaman. Mantiq shunday narsaki, yaqin va uzoq insonlar ahamiyatiga ko’ra o’zingning jism-u joningda jo bo’lgan yoki bor sanalishadi. Kerakli paytda kishining o’zi shu yaqin va uzoq qarindoshli, televizordagi ahliy insonlarga xos hayotga o’z holatlarini sezdirib yashashi mumkin. Holbuki shu odamlar kerakli paytlarda, damlarda mantiqni egallagan kishisining xohish-idroki yoki so’zlariga binoan atrofida yoki ekrani ortida hozir, paydo bo’lishi mumkin. Mantiq bu – yani xuddiki mening tanam seniki va sening badaning meniki bilan bitta, almashinadigan deganday gap sanaladi. Mantiqiy almashinuvda insonlar hayotidan o’rin olgan haqiqiy buyum va narsalar tushunarli tarzda bir-birovlarida egallanib turadi. Faqatgina buni ko’pchilik bilan mantiqiy almashinish jarayonida tasodifga yollab yuborish hech gap emasga o’xshaydi. Chunki kerakli narsalar ham mantiqiy inson uchun har xil boshqa kishilarniki bo’lib kelgan sanalmoqda. Mantiq so’zi o’zbekcha Sanskritnomus yasalishiga binoan ma’n etish va tiqishtirish so’zlari bilan bu fikrlarimni be’malol takidlay oladi. Mana men shuncha payt, 5 yildan buyon o’zimdagi barcha narsalarimni boshqalarning buyumlari sifatida qabul qilib kelmoqdaman. O’zimda o’zimniki bo’lib sanaladigan de’yarli hech vaqo yo’q sanaladi. O’zim bor pulimni mashina, “Malibu”siga tikkan edim. Shundan beri qo’zg’aluvchan mashina pulimni har soatlik, kunlik qottirishlar orqali o’zimning boshqalarning narsalari orasidagi sharoitimni turg’unligini yoki shu davrda turib berishini shakllantirib kelganman. Endi bo’lsa, ma’noning zamoni keldi. O’zbekcha so’z ma’noga ko’ra, shu so’z o’zbekcha ma’n va o yoki aylana so’zlaridan yasaladi. Shu degani o’ylaganingiz yoki kallangizning ishlashi barcha narsalarning paydo bo’lishi borasida faqatgina anglashinuvchan bo’lib tursada, ammo buni boshqalarga bildirishga ma’nlik yoki taqiq qo’yilgan deyiladi. Chunki baribir chiqarilgan yoki paydo qilingan ma’lumotlar, hodisalarni va narsalarni (insonlarni) boshqa birovlarga “o’zimning kallamning ishlashi bilan hosil yoki paydo qildim”, deb tushuntirib bo’lmas sanaladi. Ma’noga ham mantiqqa ham paydo bo’layotgan narsalarni “o’zim chiqarayapman yoki yo’qdan-bor qilib paydo qilayapman, o’z-o’zidan hosil qilayapman” deyishga ma’n yoki taqiq, inkor haqiqati ustun turadi. Endi o’zim manoning 30dan 35 yoshimgacha bo’lgan 5 yili ichidan yana sal kam 4 yilini xudo bilan birga davom ettirishim kerak. Ammo hozirgi yoshimdan, 31 dan boshlab ruhning yoki tabiatning 7 yili boshlanishi ham kerak. Shu degani o’zim endi ma’noning ham nyuanslariga e’tibor bermasdan yoki xudoni qiynamasdan, ruh bilan umumiyroq, kattaroq yo’llarni tuzib olishim kerak.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?