uzbek language siteenglish language site

Jismoniy mehnatkashlarni fikrlash bilan o'z vaqtida siljitish yoki sakrash

 

88. Gaplar, oģzaki chiqadigan sòz boyligi ham "Bòlgan", "Gots" yoki kelajakda oldindan belgilab màlum sifatida mavjud bòlib ulgurgandir. "Reverent"lardan yoki taqdir paytidagi òzliklarimizdan (vaqtning òziday bòlib) orqaga òtish sifatida yashovchilar gaplarning "Bòlganlig"ini yoki "Gots"ligini butun kelajak qolgan umrimiz uchun albatta bilishadi. Lekin ularning òzlari hoziroqda vaqtga orqaga òtib "Bòlgan"ning, kelajakdan màlumlikning yoki Gottingning gaplarini unutishlari bilanoq ular, "Reverrant"dan qaytuvchilar uchun shu oģzaki gaplar tasodifday yoki dunyoqarashday, oldindan bilib bòlmas holda nomàlumday eshitiladi.

 Bizning koinotimiz yoki olamimizdagi haqiqat shundan iboratki, barcha narsa, shu jumladan inson ham materiyadan yoki qattiq jismdan iborat bòlgani uchun "Bòlganlikli"da, "Gotting"da jismoniy mehnat eng tòģri va ahamiyatli. Undan boshqa aqliy mehnatlarning darajasi bir pul yoki kerakmas, zero "Bòlganlikli"da, "Gotting"da tuyģular ahamiyatsiz. "Gotting"da hamma òz jismoniy ishining ustasi deb topilishi tayin bòlishi kerak, chunki kelajak oldindan yozilgandir. Lekin yana nega unda "Bòlganlikli" yoki "Gotting"da òqib bilim orttirish yoki orttirilgan bilim va kònikmalarni, aqlni qòllash joylari bordir. Buning sababi aslida materiya yoki jismoniy mehnat mahsulotlari bilim egali insonlardan iborat. Ularning òzgaruvchan olamlar zanjiridagi, oldingi hayot shakllaridagi hayotlari jismoniy mehnat bilan shuģullanuvchilardan yaxshiroq bòlib chiqavergandir. Bilim egalari materiya sifatida jismoniy mehnat qiluvchilarga asos yaratib beradilar va ular materiya, jism bilan yonma-yon yoki parallel yurganda, yashagandagina hech shubhasiz yanada orqada qolib ketmasliklari mumkin. Chunki materiya, modda yoki jismdan òzga haqiqat, asosning òzi yòqdir. Jismoniy mehnat egalari tosh, materiya bilan birga òsishib, vaqtda òtishib qanday yashashni tushunmasalar ham tushunishadi. Jismoniy ishlash shuning uchun ham ustun qilib qòyilganki, meyor bòyicha jismoniy yoki qora mehnat qiluvchilar bilan aqliy ishlovchilar, oq yoqalilar tenglashtirilishi kerakdir. "Bòlganlikli", "Gotting" nazariyasi yoki haqiqati uchun tabiatning kelajakdan paydo bòlib òtmishdan rivojlanishli, sababli bor bòlib kelishi tòģridir. Agar shuni jismoniy mehnatkashlar tòģri tushunib hisobga olaolishsa, bajarayotgan ishlari, qurulishlari yoki yer haydashlari bòyicha vaqtni tezlashtirib, sakratib mehnat qilishlari mumkin bòlardi. Yangi qurilayotgan kòp qavatli binolarda temir-armaturanimi, bir xalta sementnimi yoki bir zambarak chaģilnimi, taxtanimi tashiyotganlarida avvalambor shu ishlarning davomiyligining qaysidir yaqin kelajak nuqtasidan vaqtga ortga tezda shaffof harakatlari bòlib tugab turganligini ifodalayolsalar basdir. Shu zahotiyoq kelajakning shaffoflik boshlangan nuqtasiga sakrab òtib shaffof harakatlarini tarixiy yoki òtmishdagi jarayon, sabab qilib biladilar.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?