uzbek language siteenglish language site

Endi ruh keldi, men tabiatga ko'proq ochiq bo'la olaman va o'zimga yoqish uchun etarli ovqat yeyishim mumkin

 20. Bugun ruhning ikki marta o’nglashuv kunidir. Chunki 20 da ikki marta 10 soni yotibdi. O’zbekchada 10 o’nglashuv Sanskrit tarjimasiga yoki birlashuvli berilganiga mos keladi. Endi iloj yo’q, xudoga imkon berilmaydi. Xudo shuncha payt o’zimni ovqat bo’yicha kam yedirdi. Bir kosa ovqatning oxirgi ushoqchasini o’zing yeyapsan deb menga berdi. Nega bunday qildi? Chunki millionlab aholiga javob beruvchi sifatida payg’ambar bo’lishimga qaramasdan o’zimni xuddi shu guruhning bitta inson a’zosiday ko’rmoqchi bo’ldi. Xudoning vaji shundan iborat ediki, nega sen inson qiyofasida yagonagina tanachang borki, lekin sen shuncha aholi guruhini bildiradigan bir kosa ovqatni to’liq paqqos tushirishing kerak dedi. Albatta, men har doim bir kosa ovqat yerdim, lekin xudo menga birgina oxirgi tomchichasini o’zingga quvvat beradiganday olib berishini bildirib qo’yardi. Lekin unday emas-ku, zero payg’ambar bekorga payg’ambar emas sanaladi. Farishtalar yoki almashtirish yo’li bilan xudo o’zimning kosamdagi yoki tovog’imdagi har bir yegan ushoqday bo’lakchalarimni millionlab guruh a’zolarimga uzatib bergan desak mubolag’a bo’lmas. O’zim nima ham qilaolardim, albatta, buni boshqaraolish qo’limdan kelmasligi ko’rinib turibdi-ku. Endi bo’lsa, allohning qisib-qimirishi tamomlandi desak bo’lar. Oxirgi bir necha kundan beri e’tibor beramanki, xudo ortiqcha yedirmaslik me’yoridan o’tib tushdi. Bir umrlik hayot vaqtimni xudo o’zining shuncha, 8 yil o’tkazgan davrida ovqatlanish me’yorini yoki o’rtachasini bunaqa tarzda yetkazib tugatdi. Oxirgi kunlar alloh ovqatlantirish borasida o’ziga-o’zi teskari bo’ldi. Xudo ko’p yeyiladigan ovqatni inson axlati sifatida qaralishi to’g’riligini o’zimga doimo tushuntirib shu ishlarni ko’tarib chiqqan edi. Tekis miqdorda ovqatlanish, taomlanish me’yoriga kelib, to’xtaganim uchun alloh baribir ortiqcha, axlatsifat deyiladigan shohona taomlar yeyishimga qarshilik qildi. Lekin me’yorning o’zi teskarililikdan yasalgan eng to’g’ri tarqatilish sifatida qaralgani uchun o’z boshimchaligi uchun ortiqcha ovqat holi bor deb o’ylashi bekor edi. Me’yorning o’zini yana teskarilik qilib ortiqcha ovqatlardan yana asrayman deb menga xiyonat qilmoqchi bo’lidi. Lekin bu xatosi, albatta, ko’zga tashlanib turib, xudo bugunga kelib mutloq to’siqqa uchragani sezilib qolmoqdadir. Xudo nafaqat o’zicha meni toza ovqatlanish uchun asrayotganday bo’lmoqchi bo’layapti, balki o’zini ham bekorga ovqatlantirmay qo’ymoqdadir. O’zi deganda shuncha millionlik o’zimning izdoshlarim, yakkabosh insonlarim tushuniladi. Bugunga yetib kelib sezgilarim avvalgiday payg’ambarsifat ishlayotganini sezib qoldim. Chunki ovqatlanishda ruh boshchilik qilmoqda endi. Millionlab insonlarim bilan qanday dinamik almashinuv olib borgan holda ovqatimning energiyasini ularga to’g’ri taqsimlayman, endi shuni ruh o’z bo’yniga oladi. Menimcha yakka yaxlit taqqa-turuq hisobga olishga yo’l qo’yilmasa kerak. Oldinlari shu kungacha xudo paytida alloh meni millionlab insonlar orasida bitta insonlik ulushim bo’yicha aniq mo’tadil va alohida ajratgan holda ushlab kelardi. Sezgilarim ham farishtalarbob ishlashini ta’minlaganligini farishtalarning o’zlari ham majburiy holda o’zimga bildirib turishardilar. Farishtalar uchun bo’lsin ediki, tanamning sezgilari yolg’on diniy dunyoning yaralishida bir xil yoki bir tekis, o’zgarmas tezlanishli taralib turishi kerak edi. Yolg’on diniy dunyo  bu – bilamizki, hamma narsa yo’qdan-bor bo’luvchi haqiqiy joyidan qo’zg’alib va o’zgarib turadigan asl dunyoning hayotiy jarayonlari. Tabiat hodisalarining va narsalarning, insonlarning o’zlari haqiqiy insonning ko’zini boylagan holda, sezdirmasdan yoki bir zumda eng katta urunish bilan ham qilib bo’lmaydigan o’zgarishlariga yo’l qo’yishlari mumkin yolg’on dunyoda. Yolg’on dunyoda tirik insonlarning nusxalari sifatida o’liklarning fan sifatida ishlashi gavdalanadi. Xotira va sabab nafaqat allohning o’liklari uchun, balki farishtaning narsalari va ruhning tabiat hodisalari uchun ham ishlashga qodir emas sanaladi. O’liklar sinovli ishlashadi. Bir onda tik turib turgan bo’lsalar, tagma-tag shu onning yoki vaqtning o’zida o’tirgan yoki bukchaygan holda bo’laoladilar. Shuni bizlar sabab natijaviy ko’rib turaveramiz, lekin bu yerda vaqtning to’xtab qolishining o’zidagi o’zgarishlar bo’lib turganini his etishimiz darkor. Xudo o’zi aslida o’lik bo’lgan tirik insonlarning nusxalarining tanasini sinab, aniqrog’i sindirib ovlash bilan katta uzulishli o’zgarishlarda qotib qolgan hoziroqda yaratadi. Ammo biz oddiy insonlarning ko’ziga bunday sinaladigan yoki sindirilib ovlanadigan hoziroq emas, balki yuruvchi yoki o’tuvchi hoziroqdagi tushunarli amallar ketma-ketligi sezilayotganga o’xshaydi xolos. Endi ichimdagi xudoning hozirgina o’zimga tanamning mavhum teskari bo’shlig’i orqali ichki sharpali gap vositasida bildirib turgan so’zlariga e’tibor qarating. “Boladay bo’lib sabab natijali, uzluksiz vaqt davomidagi ishlarni ko’rib turaverasanmi?” deyapti o’zimga. Qarangki, alloh haqiqatan ham qancha oldinlab ketibdiki, biz bilmay yurgan emishmiz! Yo tavba.

Comments

Ommabop xabarlar

Nima gap xo'sh?

Nima bu o'zi xo'sh

NIma gap o'zi?